Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Mart, 2008

Sumalak bazmidan yangilik

SB.uz portaliAziz foydalanvchilarimizning xabarlari bor, bugun 1-raqamli portal SB.uz portali 2008-yil «Yoshlar yili»ga bag’ishlab, yulduzlar ishtirokida sumalak bazmini o’tkazmoqda. Mana va’daga muvofiq, hozirda qizg’in va ko’tarinki ruhda davom etayotgan sumalak bazmidan eng so’ngi yangiliklarni havola etishga shaymiz!Demak, shu paytgacha 10dan ortiq el suygan xonandalar, radioboshlovchilar, matbuot va televideniya hodimlari kelishdi. Xonandalardan, Zebo, Dinara, Hayrulla Vohobov, Yakzon va «NON-STOP» guruhi, Kaniza, Dilshod Xoliqov, Aziza Halilova, Setora Ahmedova, «Fayoz» guruhi yigitlari, Otabek Mutalxo’jaev va boshqalar tashrif buyurishga ulgurishdi. Mehmonlarning kelishi davom etmoqda. Shuningdek, internet tarmog’i orqali hozirda sumalak bazmini on-line tarzida butun jahon to’g'ridan-to’g'ri tomosha qilmoqda. «O’zbegim taronasi» radiosi ijodkorlari, «Toshkent» telekanali hamda «Xordiq» gazetasi hodimlari tashrif buyurishgan. Eslatib o’tamiz, ushbu sumalak bazmidan tayyorlangan lavhani 31 mart kuni «Toshkent» telekanalining «Poytaxt» ko’rsatuvi orqali tomosha qilishingiz mumkin. Bundanda eksklyuziv ma’lumotlar yaqin soatlarda…


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *