Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Apr, 2012

Sumalak bazmidan ilk ma'lumotlar va fotosuratlar! (1-qism)

Sumalak Party 2012SB.uz portali 2012 yilning ilk mega-loyihasi hisoblanadigan «Sumalak Party-2012″ shou-dasturidan eksklyuziv ma'lumotlar va fotolavhalarni taqdim etishga tayyor. Aslida bundan bir necha kun avval, aniqrog'i 28 martdan 29 martga o'tar kechasi bo'lib o'tgan katta tadbirimizdan biroz «sovub qolgan» ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Mana 5 yildirki SB.uz portali yulduzlarni jamlagan holda har yili bahor faslida sumalak saylini, shou-dasturini nishonlab keladi. Bu yilgi tadbirda estradamizning yorqin yulduzlari bilan bir qatorda, yosh xonandalar ham ishtirok etishdi. Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Nilufar Usmonova, Oybek va Nigora, Firdavs, Zamzama, Nigina Nabieva, Samandar Hamroqulov, Ziyoda, Shuhrat Vohidov, Guli Asalxo'jaeva, «Fayoz» guruhi, Jasurxon G'oyipov, «DuTor» guruhi, Sirojiddin Xojiev, Dilso'z, Umidaxon, «Jonim» guruhi, A'zamchik, «Mega» guruhi, Farhod va Shirin, «Yog'du» guruhi, Zamon, Sirojiddin, Shohruz va Nargiza Abadiya, Nodirshox, Shahzod, Muhammad Ahmad, Zilola Ahmedova, Muhammad Ali, Zafarbek va Azizshox kabi yosh va elimiz suygan xonandalar tashrif buyurishdi. Ular bilan bir qatorda Burxon Sharopov, Doniyor A'zamov, Rushana Sultonova kabi ijodkorlarni ham ushbu kechada uchratish mumkin edi. Kechani olib borish vazifasi taniqli radioboshlovchi, hozirda bastakorlik va ovoz rejissori sifatida ham o'z kasbini ustasi hisoblanadigan Rustam Bekka topshirildi. Rustam Bek o'z vazifasini a'lo darajada o'tadi, deb bemalol aytishimiz mumkin.
Tadbirni suratga tushirish guruhi «Mega Max Media» videostudiyasi jonbozligida o'tdi. Biz o'z o'rnida ushbu videochilar jamoasi rahbari Zuhriddin Asomov hamda fotosuratlarga tushirish bo'yicha o'z mehnatini ayamagan Zokir Mirsagatov boshchiligidagi fotosuratchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. «Nirvana» do'konlar tarmog'iga ham ushbu kechada o'ynalgan qiziqarli o'yinlarda o'z sovg'alarini taqdim etganliklari uchun, «Iosis» kompaniyasiga texnik tarafdan ko'mak berganligi uchun ham alohida tashakkur aytamiz. Kechaga oid qiziqarli ma'lumotlarni biroz keyinga qoldirgan holda hozircha fotosuratlarning birinchi qismini siz azizlarga havola qilamiz. Marhamat, fotosuratlarni tomosha qiling!

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012

Sumalak Party 2012


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 156 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *