Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Apr, 2009

Sumalak bazmi tafsilotlari (+ fotosuratlar)!

Sumalak bazmiBir necha kun ilgari SB.uz portali yulduzlar ishtirokida sumalak bazmini nishonlagan edi. Sumalak bazmi kutilganidan ham ko’tarinki ruhda o’tganidan siz aziz foydalanuvchilarimizning xabaringiz bor. Endi esa ushbu sumalak bazmida tushirilgan eng sara fotosuratlarni taqdim qilamiz…

SB.uz portalining yulduzlar ishtirokidagi sumalak bazmini «O’zbegim taronasi» radiosining ajoyib boshlovchisi Dj MIX olib bordi. Shuningdek, «A’lo FM» radiosining bosh muharriri Olimxo’ja Azimov, General G’ofurov mahallasining xotin-qizlar qo’mitasi a’zolari, bastakor Doniyor Agzamov vas boshqalar kechaning aziz mehmonlari bo’lishdi. Sardor Rahimxon, Otabek Mutalxo’jaev, Aziz Rametov, Diyor hamda Elyor Mahkamov, «100%», «DILSHOX» va «Fayoz» guruhlari, Sitora Ahmedova, yosh rep ijrochisi Botir, Ra’no, Iroda Yusupova va Sevara Doniyorovalar tashrif buyurgan mehmonlarni o’zlarining kuyu-qo’shiqlari bilan hushnud etishdi. SB.uz portalining yangi hamkorlaridan biri «After Media» kompaniyasi esa sumalak bazmini tasmalarga muhrlashdi. Sumalak bazmi tushirilgan DVD disklar tez orada keng ommaga havola qilinadi. Sumalak bazmi tungi soat 1:00ga qadar davom etdi. Darvoqe, bundan avval «After Media» kompaniyasi «SB.uz 3 yoshda!» gala-konsertini ham suratga olgan edi. Endilikda ushbu gala-konsert DVD disklarda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

Sumalak bazmi

P.S.: Sumalak bazmini o’tkazishda o’z xonadonidan joy ajratgan Nodirbek Qo’chqorov va uning oila a’zolariga SB.uz portali o’z minnatdorchiligini bildiradi.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 162 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *