«Sumalak bazmi-2010» videosi tez kunda!
Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida portalimiz tashabbusi bilan navbatdagi “Sumalak bazmi — 2010” uyushtirilgan edi. Unda, har doimgidek yurtimizning ko’pchilik sanatkorlari tashrif buyurib, kecha juda chiroyli tarzda o’tgan edi.
Siz azizlarga bundan oldin “Sumalak bazmi — 2010”dan ayrim fotolavhalarni taqdim etgan edik! Bugungi kunga kelib esa, ushbu kechaning videolavhasini ham taqdim etish ostonasida turibmiz! Tez kunda hukmingizga, mazkur videolavhani ham havola qilamiz. Buning uchun esa, sizdan faqat va faqat SB.UZ portalini muntazam ravishda kuzatib borishingiz talab etiladi!