Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Sen, 2007

«Smile» radiosi 1 yoshga to’lar edi…

SmileBundan bir yil avval mana shu sanada O’zbekistonda, aniqrog’i Markaziy Osiyoda ilk on-line tizimida faoliyat yuritgan «Smile» On-Line radiosi o’z faoliyatini boshlagan edi. Agarda u hozir ham faoliyat yuritayotgan bo’lganda 1 yoshni qarshi olgan bo’lar edi. Ammo… u hozir yo’q! Biz esa uni yodga olamiz!!!

2006 yil 1 avgustdan e’tiboran texnik faoliyatini boshlagan «Smile» On-Line radiosi oradan hech qancha fursat o’tmasdan o’z muxlislar auditoriyasini to’play oldi. Shu yilning 1 sentyabridan boshlab, ya’ni Mustaqilligimizning 15 yillik to’yi munosabati bilan jonli efirda «Smile» On-Line radiosi cheksiz to’lqinlar uzra jarang socha boshladi. «Smile»ning ilk boshlovchilari sifatida Mr Jocker, MC SHOD, Jasmin Israilova, Sabina, Dj Rustambek, Leyla, Dj Saida’lo, Mr TEMPO, Mirtohir kabi ko’plab iste’dodli radioboshlovchilar tarix zarvarraqlaridan o’rin egallashdi. Toshkent vaqti bilan soat 7:00dan tungi 1:00ga qadar radioboshlovchilar turli qiziqarli radioloyihalari bilan efir vaqtlarini to’ldirib turishdi. Oradan ko’p o’tmasdan ilk on-line tizimidagi radio barchaning diqqatini o’ziga qarata oldi. Tinglovchilar safida turli yoshdagi, turli kasbdagi shaxslar ko’rish mumkin edi. Ular tomonidan bizga yo’llangan minglab maktublarda tashakkur so’zlari bitilgan va bizni bu tobora to’lqinlantirar, yanada jo’shqin ijod qilishga undar edi. Hattoki, radioboshlovchilarga boshqa turli FM radiolaridan, shuningdek, xorijiy radiolardan ham ko’plab takliflar tusha boshladi.
«Smile» haqida Ommaviy Axborot Vositalari yorita boshlashdi. TV xodimlarida bu radio juda katta qiziqish uyg’otdi. Ko’plab ko’rsatuvlar tayyorlanildi. Jurnallarda «Smile» radiosi haqida ko’plab katta maqolalar chop etila boshlandi. Yulduzlarimizning ham qiziqish yuqoriligini, ularning tez-tez tashrifidan payqash mushkul emas edi. «Smile»ga O’zbekiston Xalq artisti Farruh Zokirovning tashrifi va u bilan o’tgan chamasi 2 soatlik intervyu hali-hamon ko’pchilik tinglovchilar yodida saqlanib qolganiga aminmiz. Jasmin Israilova o’tkazgan intervyudan so’ng Farruh Karimovich juda ham katta taasurot bilan efirni o’tkazganliklarini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Bu orada «Smile» radiosi butunjahon internet radiolari ro’yhatidan muqim o’rin egallaganligini Amerika Qo’shma Shtatlaridan yo’llangan maktubdan bilib oldik. Xursandchilik ustiga xursandchilik! Shuningdek, Rossiyaning Televideniya va Radio To’lqinlari Milliy Assosatsiyasi tomonidan ham «Smile» radiosi tan olindi. Biz buning uchun ulardan minnatdormiz!
SB.uz portali tarixidagi eng katta loyiha bu so’zsiz «Smile» On-Line radiosi hisoblanadi. Biroq, afsuski ba’zi sabablarga ko’ra mana shu loyiha 2006 yilning 29 noyabr kuni to’xtatildi. Agarda «Smile» hali hamon o’z faoliyatini davom ettirayotgan bo’lganida bugun 1 yoshni qarshi olgan bo’lar edi. Biroq, sevimli portalingiz hech qachon chekinmaydi! U birinchi raqamli portal! Balki, «Smile» yana qaytar…
Siz uchun ozgina o’sha damlarni yodga soladigan musiqiy jingllarni taqdim etishga qaror qildik. Quyida yettita musiqiy jingl sizning e’tiboringizga havola etilmoqda. Ko’chirib oling va shirin xotiralarni yodga oling!

Smile — Butun dunyo
Smile — Promo
Smile — Tabassum
Smile — Jo’rabek
Smile — Oybek va Nigora
Smile — Radius 21
Smile — Ziyoda

Smile


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *