Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Noy, 2006

"Smile" nega jim?!

Juda ham qisqa fursat ichida minglab o’z muxlislariga ega bo’lgan «Smile» on-line radiosi nega jim? Bu savol, nazarimda, bugungi kunning eng dolzarb mavzusi. Xo’sh, «Smile»ga nima bo’ldi?

«Smile»ni doimiy ravishda tinglab boruvchi muxlislarga ma’lumki radioda vaqti-vaqti bilan turli texnik nosozliklar ko’zga tashlanar edi. Ularni esa bartaraf etish unchalik oson ish emas. Bunday texnik nosozliklarga duch kelishimizga sabab juda ham oddiy, har bir yangilik qiyinchiliksiz bo’lmaydi! «Smile» on-line radiosi bu yangilik! Bu O’zbekistondagi ilk internet radio! Aynan mana shu nosozliklarni bartaraf etish maqsadida biz radioni ish faoliyatini bir necha kunga to’xtatishga qaror qildik. Lekin, bu degani endi «Smile» yo’q degani emas! «Smile» bor! Mana shu nosozliklarga chek qo’yish maqsadida olib borilayotgan ishlar tez kunda o’z samarasini beradi va yana sizga a’lo kayfiyatni ulashishda davom etadi. «Smile» — butun dunyo biz bilan birga!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *