Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Fev, 2014

Shou-biznes.uz — 8 yil siz bilan birga…

SB.uz 8 yil siz bilan birga...O’zbek estradasi va shou-biznesidagi so’nggi qaynoq ma’lumotlarni yetkazib boradigan SB.uz portali bugun 25-fevral sanasida o’zining 8 yoshini qarshilamoqda. Bu kunni aslida biz boshqacharoq nishonlashimiz lozim edi. Xabaringiz bor avvallari konsert dasturlar taqdim etgan holda bu kunni nishonlar edik.

Hozirgi kunda ba’zi ijodiy ishlar bilan ovora bo’lib, bu kunni keng nishonlash imkoniyati bo’lmay qolmoqda. Nasib qilsa 2015-yildan boshlab har yili portal tavallud kunini muxtasham konsert zallarida keng omma qarshisida nishonlaymiz. Hozircha esa shuncha portalimiz 8 yoshga to’lganligi bilan quvonish ila chegaralanamiz xolos.
SB.uz portali shu kunga qadar juda ham ko’p yutuqlarga erishgan. Har bir yutuqni yozib o’tirishni lozim topmadik. Zero, biz bu yutuqlarni sanab o’tirmasak ham muxlislarimiz barini yaxshi bilishadi. Muhimi shu kunga qadar erishgan yutuqlarimiz bilan chegaralanib qolish emas, yanada ko’proq boshqa yutuqlarga erishish darkor. Biz shuni o’z oldimizga maqsad qilib olgan holda o’z ustimiz ustida ish olib bormoqdamiz. Nasib qilsa, yangidan yangi loyihalar bilan barcha foydalanuvchilarimiz xushnud etamiz. Bizni kuzatishda davom eting va albatta eng zo’r eksklyuziv loyihalar ishtirokchisiga ham aylanishingiz mumkin. Shu kunga qadar biz bilan birga bo’lgan har bir muxlisimizni qadrlaymiz. Bizni unutmaganingiz uchun tashakkur! Nasib qilsa katta qadamlar ila yangi yutuqlar sari odim qadam tashlaymiz. Barchaga tashakkur!!!

Quyida SB.uz portalining 2013-yilda tayyorlangan madhiyasini ko’chirib olish imkoniyatlari taqdim etilmoqda.

MP3: All stars - SB.uz madhiyasi (2013) (975)

Klip: All stars - SB.uz madhiyasi (2013) (981)


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 447 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *