Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Sen, 2012

Shakira Lola bilan baxsda yengildi!

Lola va ShakiraJahon yulduzi Shakira, o'zimizning sevimli xonandamiz Lolaga mag'lub bo'lishini hech kim tasavvur ham qila olmasa kerak. Ammo, bu holat yuz berdi. Qanday qilib deysizmi? Juda oddiy! Lolaning muxlislari Shakiranikidan ko'proq ekanligigachi ishonasizmi? Ishonmasangiz, marhamat maqolani o'qib chiqing!

«Photo Cup» loyihasida jahon va yurtimiz yulduzlari ishtirokida Fotosuratlar chempionati o'tkazib kelinayotganidan xabaringiz bor albatta. Mana shu chempionatning guruh bosqichi 2-tur o'yinlarida jahon yulduzi Shakira Lolaga duch keldi. Natijada Lolaning fotosurati Shakirani fotosuratidan ustun keldi. Buni ashaddiy muxlislar bergan ovozlari aniqlab berdi. Buni oldindan tahmin qilish ham qiyin emas edi. Zero, Lola bir bora chempionlik shohsupasiga ham ko'tarilib ulgurganligini bilasiz. Chempionatda shuningdek, Shahzoda Matchonovaning ishonchli g'alabasini ham alohida ta'kidlab o'tishimiz mumkin. Chempionlikka davogarlik qilishi kutilayotgan Manzuraning fotosurati ham Lady Gagadan ustun keldi. Zarina Nizomiddinova ham bu chempionatda yuqori o'rinlarni zabt etishi kutilayotgan edi. Ammo, afsuski bu turda Farruh Soipovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shahzoda Vera Brejnevaga hech qanday imkoniyat qoldirmay 45 — 19 hisobida g'olib chiqib, eng ko'p ovoz olganlar ro'yhatining peshqadamiga aylanib oldi. Alisher Uzoqov esa gollivud yulduzi aktrisa Scarlett Johanssonni mag'lub eta oldi. Yana bir yulduzimiz Rayhon esa Dilnoza Kubaeva bilan kurashda 24 — 25 hisobida kichik mag'lubiyatga uchradi. Shohruhxon ham ishonchli g'alabalarni davom ettirgan holda Samandar ustidan g'alaba qozondi.

Keyingi bosqich masalasini bir qator yulduzlar hal qilib bo'lgan bo'salar, yana bir qanchalari turnirni erta tark etishga majbur bo'ldilar.
A — guruhida barcha ishtirokchilarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari saqlanib qolgan. Manzuraning imkoniyati qolgan ishtirokchilarnikidan yuqoriroq.
B — guruhida ham barcha ishtirokchilarda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatlar yetarli. Farruh Soipovning imkoniyati qolgan ishtirokchilarnikidan yuqoriroq.
C — guruhida Cristiano Ronaldo nimchorak final masalasini muddatidan oldin hal qilib bo'ldi. Qolganlarda esa hozircha keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor.
D — guruhida ham barcha yulduzlar keyingi bosqich uchun kurashni davom ettiradilar. Biroq, boshqalarga nisbatan Shahzodaning imkoniyatlari ancha yuqori.
E — guruhida ham hammada imkoniyat bor. Aktyorlardan tashkil topgan bu guruh ishtirokchilari orasida eng yaxshi imkoniyat so'zsiz bollivud yulduzi Kajoldadir.
F — guruhida chempionat debyutanti Korea aktrisasi Kim Tae-hee hamda Lola nimchorak final baxslarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritib ulgurdilar. Afsuski, Shakira hamda Yodgor Mirzajonovning 3-turdagi ishtiroklari hech narsani hal qilmaydi.
G — guruhidan o'rin olgan Dilnoza Kubaeva guruhda pehsqadamlik qilish bilan birga navbatdagi bosqich masalasini ham hal qilib ulgurdi. Ikkinchi yo'llanma uchun kurash endi Rayhon hamda Zamzama o'rtasida kechadi. Guruhning yana bir vakili Rihsitilla Abdullaev esa turnirni tark etishiga to'g'ri keladi.
H — guruhida Shohruhxon va Zuhra Solieva o'z oldilariga qo'yilgan maqsadga erishib ulgurdilar. Ya'ni, nimchorak eshiklari ular uchun ochiq. Samandar hamda Temur Kapadze esa 3-turda qanday o'yin ko'rsatishlaridan qat'iy nazar chempionatni yakunlashlariga to'g'ri keladi.

2-tur o'yinlari natijalari bilan tanishish uchun yo'llanma

Guruh o'yinlari taqvimi bilan tanishish uchun yo'llanma

Lola

Shakira

 


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 2 259 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

  1. lola shakiraga taqlid qilgan bolsa qanaqasiga ustun bolsin? shakirani dunyo taniydi! lolani faqat O’zbekiston taniydi.

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *