Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Sen, 2012

Shahzoda va 9ta koreys qiz!!!

ShahzodaSarlavhani o'qib siz ham gap nima haqida ekan, deb qiziqib qolgan bo'lsangiz kerak. Shahzoda va 9ta koreys qiz… Shahzodani bu 9ta koreys qiz bilan nima aloqasi bor? Qiziq, bu 9ta koreys qiz Shahzodaning yangi dugonalarimi yoki u Koreyaliklar bilan hamkorlikni boshladimi? Yo'q! Aslida nima haqida gap ketayotganligini hozir bilib olasiz.

Siz bilasizki, bizning portalimiz 2012 yil boshidan «Photo Cup» loyihasini o'tkazib kelayapti. Mana bugunga kelib, ushbu loyihaning 5-chempionati guruh bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Mana shu guruh bosqichining so'nggi turida Shahzoda 9ta koreys qizdan tashkil topgan «Girls Generation» guruhi bilan to'qnash keldi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarigacha murosasiz kechgan mazkur baxsda 40 — 41 hisobida Shahzoda mag'lubiyatga uchradi. Aslida ko'pchilik Shahzodaning bu turdagi g'alabasiga ishongan edi.

Keling bu safar guruhning har bir uchrashuviga alohida to'xtalib o'tirmaymizda, g'oliblarni nomlarini e'lon qilib qo'ya qolamiz.

A — GURUHI. Shahzoda Matchonova, Bojalar.
B — GURUHI. Farruh Soipov, Zarina Nizomiddinova.
C — GURUHI. Cristiano Ronaldo, Jonim.
D — GURUHI. Shahzoda, Girls Generation.
E — GURUHI. Scarlett Johansson, Alisher Uzoqov.
F — GURUHI. Lola, Kim Tae-hee.
G — GURUHI. Zamzama, Dilnoza Kubaeva.
H — GURUHI. Shohruhxon, Zuhra Solieva.

Ertadan 5-fotosuratlar chempionatining Nimchorak Final o'yinlariga ham start beriladi. Unda quyidagi juftliklar g'oliblik kurash olib boradilar.

Shohruhxon — Bojalar
Shahzoda Matchonova — Zuhra Solieva
Scarlett Johansson — Dilnoza Kubaeva
Zamzama — Alisher Uzoqov
Shahzoda — Jonim
Cristiano Ronaldo — Girls Generation
Lola — Zarina Nizomiddinova
Farruh Soipov — Kim Tae-hee

Ushbu uchrashuvlar natijalari 7 kun davom etgan bellashuvdan so'ng ayon bo'ladi. Marhamat, nimchorak finalda ovoz bering va g'olibni aniqlang!

Nimchorak finalda ovoz berish uchun yo'llanma

Guruh bosqichi turnir jadvalining yakuniy ko'rinishi bilan tanishish uchun yo'llanma

Shahzoda

Girls Generation


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 285 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *