Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Noy, 2012

Shahzoda, Lola, Shohruhxon, Gulchehra, Sh.Matchonova: Kim g'olib?

Photo Cup Yil FotosuratiMana «Photo Cup» loyihasining bu yilgi so'nggi bosqichiga ham yetib keldik. Mazkur bosqichda 2012 yilning eng yaxshi fotosurati nomi aniqlanadi. Bu nomga ega chiqish uchun Shahzoda, Gulchehra Eshonqulova, Lola, Shohruhxon va Shahzoda Matchonovalar yetib kelishgan. Ko'ramiz, kimning fotosurati yil fotosurati nomiga sazovor bo'lar ekan.

2012 yil davomida 5 marotaba Fotosuratlar chempionati o'tkazildi. Har birida 32tadan nomzod ishtirok etgan mazkur chempionatlarda ko'rib turibsizki, so'zsiz o'zbek yulduzlari g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Tabiiyki, bu loyiha O'zbekistonda o'tkazilganligi bois bizning yulduzlar yetakchilik qilishdi. Aks holda natija boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Eng asosiysi yulduzlarimiz fotosuratlar «jangi»da bo'lsada xorij yulduzlaridan ustun ekanliklari bizni quvontirmay qolmaydi. Yana bir jihatga e'tiboringizni qaratishingizni so'ragan bo'lardim. «Photo Cup» loyihasi chempionatlarida 5tadan faqatgina bittasi erkak yulduz ekanligi, qolganlari ayol yulduzlar bo'lganligi ham bizda qaysi jinsga mansub ijodkorlar ko'tarilishi osonroq ekanligini bildirib turibdi. Agarda foiz sifatida o'lchaydigan bo'lsak, 80% ayol yulduzlar muvaffaqiyat qozonmoqda. Xo'sh, endi savol tug'iladi, Yil fotosurati kimga nasib etadi? 80%lik ko'rsatgichga ega bo'lib turgan ayol yulduzlargami yoki 20%lik ko'rsatgichni qayd etgan erkak yulduzlargami? Biz ishonamizki, mazkur loyihada faqatgina eng kuchligi g'olib chiqadi!
Endi loyihaning qoidalari bilan sizni tanishtiramiz. Demak, Yil fotosurati nomiga ega chiqish uchun 5ta yulduz bir guruhdan o'rin olgan holda, o'zaro bir-birlari bilan kurashib chiqadilar. Umumiy hisobda har bir yulduz 4tadan o'yin o'tkazadi. Eng ko'p ovoz olgan va guruhda eng ko'p ochko to'plagan yulduz esa so'zsiz g'olib deb topiladi. Har bir turda bittadan ishtirokchi dam oladi. Har bir o'yin 7 kun davom etadi. Birinchi turda Gulchehra Eshonqulova dam olmoqda. Bu yerda kuchli yoki kuchsiz ishtirokchi degan, yoki bo'lmasa turning muhim o'yini, degan tushunchalar yo'q. Zero, har bir o'yin juda muhim. Har bir ishtirokchi chempion nomiga ega. Demak, kuchlar teng va g'oliblik uchun imkoniyat barchada mavjud. Ishonamizki, sevimli yulduzlarimiz hech qachon yutqazmaydilar!

Birinchi turda Shahzoda Shahzoda Matchonovaga qarshi, Lola esa Shohruhxonga qarshi kurash olib boradi. Ko'ramiz, kimning qo'li baland kelar ekan. Hammaga omad yor bo'lsin!!!

Photo Cup Yil Fotosurati


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 1 110 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *