Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Fev, 2012

Shahzoda Chempion bo'ldi!!!

Shahzoda Photo CupEstradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda muxlislari ko'chasida haqiqiy bayram bugun. Zero, aynan bugun «Photo Cup» loyihasi, Birinchi fotosuratlar chempionatining final o'yini ham yakuniga yetdi. Unda esa ikki Shahzoda g'oliblik uchun kurash olib borgan edi. Natijada esa estradamiz malikasi g'oliblikni o'ziniki qilib oldi.

Juda ham keskin kurashlar ostida o'tgan ushbu final uchrashuvida Shahzoda va Shahzoda Matchonova o'zaro baxslashishdi. Ular hayotda do'st bo'lishsada, ushbu uchrashuvda bir-birlariga raqib bo'lishga majbur bo'ldilar. 38 — 37 hisobi bilan Shahzoda Matchonova ustida Shahzoda g'olib bo'la oldi. Biz ushbu tarixiy g'alaba bilan estradamiz mega-yulduzini chin yurakdan muborakbod etamiz! Kelgusida unga shu kabi muvaffaqiyatli onlar juda ko'p bora yo'ldosh bo'lishiga tilakdoshmiz.
Umumiy chempionat haqida fikr yuritadigan bo'lsak, bu ilk bor o'tkazilayotgan chempionat bo'lsada, anchayin yaxshi kutib olinganligini ta'kidlab o'tishimiz lozim. Har bir tur haqida batafsil yoritib borganligimiz uchun, hozir asosan chempionat davomidagi e'tiborli jihatlar haqida so'z yuritamiz. Eng kutilmagan natijalarni aynan Shahzoda Matchonova qayd etdi. Eng yirik natijalardan biri Nimchorak final baxslarida Shahzoda Matchonova hamda Enrique Iglesias o'rtasida qayd etildi: 48 — 0 Shahzoda Matchonova hisobiga. Chempionatga qadar Shahzoda Matchonovani uzog'i bilan nimchorak finalga qadar borishi tahmin qilinayotgan edi. Biroq, u 276 ta ovoz olgan holda chempionatdagi eng ko'p ovoz olgan ishtirokchilar ro'yhatini yakka peshqadami bo'ldi. Aksincha chempionat favoritlaridan hisoblangan Lola esa nimchorak finalidanoq uchrashuvlarni yakunlashiga to'g'ri keldi.
Birinchi chempionat chempioni Shahzodani faqatgina bir ishtirokchi yuta olganligi ham e'tiborga molik. U ham bo'lsa, Ziyoda! Qolgan barcha uchrashuvlarda Shahzodani qo'li raqiblaridan baland kelgan.
Quyida esa eng ko'p ovoz bergan foydalanuvchilarning 3ta peshqadami bilan tanishishingiz mumkin.

1aurshax956
2maxi738
3Hikmatillo653

Endi esa yaqin orada 2-chempionat baxslari start oladi. Hozircha saralash o'yinlarida ishtirok etib turing!

Birinchi chempionatga oid barcha uchrashuvlar arxivi bilan tanishish uchun yo'llanma

Saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma

 

Shahzoda Photo Cup


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 432 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *