Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Avg, 2006

SB.uzda matbuot anjumani…

Matbuot anjumaniKuni kecha, ya’ni 17 avgust kuni SB.uz ofisida Ommaviy Axborot Vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o’tkazildi.Matbuot anjumanini o’tkazishdan asosiy maqsad ikki yirik ijodiy guruhning birlashishi edi. Bundan 5 oy muqaddam «Akfa-media» ijodiy markazida www.SHOU-BIZNES.uz portali tashkil etilganligi yuzasidan o’tkazilgan matbuot anjumaniga yig’ilganlar(hattoki biz ham) bu ikki jamoa birlashadi, deb o’ylamagan edi. Lekin ko’rib turganingizdek, «»Akfa-media» hamda «Shou-biznes olami» portali birlashdi. Matbuot anjumaniga TTV, Yoshlar, 30-kanal kabi telekanallardan, «Darakchi», «XXI asr» va boshqa gazetalardan, «Poytaxt», «Navro’z» va yana bir qator radiolardan jurnalistlar tashrif buyurishdi. Eng yaqin do’stlarimizdan biri bo’lmish «O’zbegim taronasi» radiosi ijodkorlari esa anjumanga kela olishmadi, biroq biz bilan bog’lanib, jonli efirda anjuman chog’ida biz bilan qisiqa suhbat qurishdi. Jurnalistlardan tashqari anjumanga Roksana, Ziyoda, «Bojalar» guruhi, «Radius 21″ guruhi, Nigora va Oybek, Sharof Muqimov, Otabek Mutalxo’jaev hamda Jo’rabek kabi estradamiz yulduzlari ham tashrif buyurishdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan barcha savollarga biz javob berib bo’lganimizdan so’ng On-line radioimizning bo’lajar RJi Mr Jocker boshchiligida kichik konsert dasturi ham bo’lib o’tdi. Biz «Shou-biznes olami» portali ijodkorlari anjumanga tashrif buyurgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida bunday tadbirlarni tez-tez o’tkazishga va’da beramiz.

Fotosuratlarni ko’rish


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *