Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Okt, 2008

SB.uz portalining yangi hamkori «Bekajon» gazetasi!

Bekajon gazetasi1 — raqamli portal SB.uz portali kundan — kunga o’zining hamkorlari sonini tobora oshirib bormoqda. Biroz avval, «Cinema Magazine» jurnali bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan bo’lsa, endilikda esa ushbu haftadan yurtimizning taniqli gazetalaridan biri hisoblangan «Bekajon» bilan o’zining hamkorligini yo’lga qo’ydi. Endilikda biz haqimizda nafaqat internet tarmog’i orqali balki har hafta aynan «Bekajon» gazetasi orqali o’qishingiz mumkin. Demak, portalimizning yangi hamkori «Bekajon» gazetasining juma, 10 oktyabr sonida quyidagilarni o’qishingiz mumkin…

Shou-biznes olamining eng so’nggi yangiliklari, hayotiy hikoyalar va davomli qissalar, bahs munozaraga chorlovchi bir — biridan qiziqarli va ajoyib tanlovlar siz azizlar e’tiborida. Shuningdek: «Bollivud qiroli Shohruh Xon O’zbekistonga keladi… mi?!», «Umuman kitob o’qimaydigan odamlar chindan ham baxtlimi?», «Qalbim chechagi» serialida Yun Xi rolini ijro etgan aktrisa nega o’zini osdi? Shu va shu kabi sizni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblarni aynan yangi hamkorimiz «Bekajon» gazetasidan topasiz! Qolaversa, Jakhongir.uz va Anoradan eksklyuziv intervyu ham o’rin olgan. Zamon bilan hamnafas «Bekajon» gazetasining juma sonini o’tkazib yubormang!!!

Bekajon gazetasi


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 180 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *