Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Yan, 2010

SB.uz portalining bayram tabrigi…

Mirtohir Mirg'ulomovAziz SB.uz portalining foydalanuvchilari hamda portalimiz mehmonlari! Shu onlarda 2009 yilning eng so'nggi daqiqalarini o'tkazayotgan bo'lsak, bir necha daqiqalardan so'ng 2010 yilni kutib olamiz. Shu munosabat bilan SB.uz portali Prezidenti Mirtohir Mirg'ulomov o'zining bayram tabrigini foydalanuvchilariga yo'lladi…

Qadrli SB.uz portali foydalanuvchilari hamda portalimizga yaxshi niyatlar ila tashrif buyurayotgan mehmonlar!

Mana bugun 2009 yilni kuzatib, yangi 2010 yilni qarshi olar ekanmiz, avvalo sizga va oila a'zolaringizga o'zimning eng samimiy tilaklarimni bildiraman. Kelayotgan 2010 yil haqiqiy ma'noda aynan sizning yilingiz bo'lsin. Shuningdek, 2010 yilda 2009 yilda ushalmagan orzu-istaklaringiz amalga oshsin. Muhtaram prezidentimiz 2010 yilni «Barkamol avlod» yili deb e'lon qilgan ekanlar, unib kelayotgan yosh avlod vakillari ma'nan yetuk, zukko va bilimli bo'lib voyaga yetishishsin. Barchangizni yana bir bor yangi yil bilan tabriklayman.

SB.uz portalining Prezidenti Mirtohir Mirg'ulomov.

P.S.: Mirtohir aka o'zim va Jahongir (JET) nomidan sizni ham yangi yil bilan tabriklaymiz. Sizga eng samimiy tilaklarimni bildiraman. Sizning ko'rsatgan yo'l-yo'riqlaringiz orqasidan ozmi-ko'pmi yutuqlarga erishib kelmoqdaman. Rahmat.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *