Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Fev, 2011

SB.uz portalining 2010 yilgi hisoboti!

SB.uzShou-biznes olami xabarlarini yetkazib boruvchi, eng «qariya» internet portallaridan biri hisoblanadigan SB.uz o'zining 2010 yilda amalga oshirgan ishlari bilan qisqacha to'xtalib o'tishni lozim topdi. O'tgan yil davomida unchalik ham sermahsul ijod qilmagan ushbu portalda o'ziga hos davr almashinuvi bo'lib o'tdi, desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Portal 2009 yil yakuni 2010 yilning birinchi choragida bir emas, 2 marotaba o'z fayllar bazasi turadigan hostingni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Buning bari faqat muxlislar uchun qulayliklar yaratish uchun qilingan harakatlar edi. Ammo, portalimizning tas-ix tizimiga o'tim 3 oy mobaynida yuritgan faoliyati bizga foyda emas, balki zarar tarafga ishladi. Sababi oddiy, xorijlik muxlislar bizning portalga tashrif buyurishga anchagina qiynalishganligi haqida shikoyatnomalar yo'llashdi. Biz buni o'z vaqtida oldini olgan holda yana AQSH hostingiga qaytishga majbur bo'ldik. 2010 yil fevral oyida o'zining 4 yillik to'yini nishonlashi lozim bo'lgan SB.uz portali juda sustkashlik bilan, ha tan olib aytaman, sustkashlik bilan faoliyat yuritgan holda hech qanday ishni amalga oshira olmadi. Hattoki, saytning o'zida ham biror tuzukroq loyihani amalga oshira olmadi. Aslida, shu yili konsert dasturi uchun tayyorgarlik qilinmagan bo'lsada, ammo yulduzlar bilan birgalikda maxsus qo'shiq yozish g'oyalari ilgari surilgan va hattoki studiyalar ham belgilab qo'yilgan edi. Afsuski, har doim ham siz o'ylagandek bo'lavermas ekan. Ba'zi shoir va bastakorlarning e'tiborsizligi deymizmi, yoki loqaydligimi, bilmadim, shu sabab mazkur qo'shiq yozilmadi. Nihoyat 2010 yilning bahor fasli ham kirib keldi. 13 mart kuni bahoriy kayfiyat bilan portalimiz ijodiy guruhi «Sumalak bazmi — 2010″ loyihasini keng nishonladi. Unda estradamizning eng yorqin yulduzlari ishtirok etishdi. Nomlarini sanab o'tirish shart emas, nazarimda. Zero, bu haqda avval juda ko'p yozganmiz. Balki, 2010 yilda amalga oshirgan eng katta ishimiz aynan shu bo'lgandir…

2010 yilga mo'ljallangan g'oyalardan biri o'zbek estradasi yulduzlaridan biri ishtirokida 3D grafika asosida maxsus kompyuter o'yinini keng ommaga taqdim etish edi. Buni qarangki, shu ish ustida ish boshlagan hodimimiz boshqa bir «kuchli kompaniya» taklifi bilan kutilmaganda, ha aynan kutilmaganda shartnoma imzolab, hattoki biz bilan ko'rishishga ham uni haqqi yo'q ekanligini uqtirishgan. Mayli, bu g'oyamiz, shu joyda g'oyaligicha qolib ketdi. Eng yomoni o'sha o'yin ustida ish boshlangan edi va bu o'yin uchun estradamiz yulduzlaridan biri alohida taklif etilib, maxsus fotojamlanmalar va tayyorgarliklar boshlab yuborilgan ham edi. Xullas, ushbu xonanda oldida biz kimnidir xatosi tufayli uyalib qoldik xolos. Nima ham derdik, vaqt o'tadi, turli holatlarga duch kelamiz, ammo hayot baribir davom etadi. Demak, intilish kerak. Shundan so'ng ishonch degan tuyg'u bilan biroz chiqisha olmay ham qoldik.

Oradan aprel, may, iyun, iyul, avgust oylari o'tdi. Portalimizda kichik-kichik loyihachalar bilan o'zimizni ovutib turdik. Albatta turli filmlar bilan hamkorlik ham qildik. 2010 yilning 20 sentyabrida esa «UZINFOCOM» tashkiloti tomonidan o'tkazilgan keng qamrovli so'rovnomada UZ domeni ostida faoliyat yurituvchi «Madaniyat va san'at» yo'nalishi bo'yicha eng ko'p foydalanuvchilar tashrif buyuruvchi internet portal deya bizning saytimiz topildi. Bu albatta bizga bo'lgan e'tiborni ko'rsatib berdi va bizni yanada jo'shqinroq ijod qilishga undadi.
So'ngra 2010 yil yakuniga qadar biror bir jiddiy loyihaga qo'l urmaslikka qaror qildik va bor kuchimizni 2011 yilga olib qo'ydik. Eng asosiysi 2010 yilning oktyabr oyidan boshlab portalimizning 5 yilligiga taraddudni boshlab yubordik. 2011 yilning 25 fevralida portalimiz o'zining 5 yillik kichik yubileyini o'tkazadi. Biroq uning nishonlanish sanasi 2011 yilning 25 mart kuniga to'g'ri keldi. Va uning nishonlanish manzili bugungi kunga kelib ayon bo'ldi. 25 mart kuni yurtimizning eng muxtasham saroyi hisoblanadigan «Istiqlol» saroyida portalimizning 5 yilligi keng nishonlanadigan bo'ldi. Hozir ham mana shu tadbirimiz uchun juda keng miqyosda harakatlar olib borilmoqda. Bizning portal «qariya»likni unutgan holda yanada yosharib, qayta kuchga kirdi. Ana endi biz barchaga nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatamiz. Ishonamizki, bizning sodiq foydalanuvchilarimiz hali hanuz bilan birga va shundayligicha qoladi! 2011 yilning 2-3 aprel kunlarida esa «Sumalak bazmi — 2011″ uchun ham tayyorgarliklar olib borilmoqda. Biz bilan birga bo'lganlar bariga guvoh bo'ladilar, aksincha esa afsus qilib qoladilar! Xo'sh, siz kim bilan birgasiz?


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *