Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Sen, 2008

SB.uz portalidan kuzgi sovg’alar!

SB.uzSevimli portalingiz SB.uz kuzgi loyihalari bilan sizni tanishtirish uchun shay. Siz aziz muxlislar uchun juda ham qiziqarli bir qator loyihalar ushbu faslda o’z yurishini boshlaydi. Bizning yangi loyihalarimiz nimalardan iborat ekanligi sizni qiziqtiryaptimi? Unda marhamat, barchasidan voqif bo’ling!

1) Xabaringiz bor ayni damda Forum.SB.Uz hamda SB.uz portalining «The Best Group — Super Loyiha!» musobaqasi davom etmoqda. Mazkur loyihada ikki jamoa bir-biriga qarshi musobaqalashayotgani haqida ham ma’lumotga egasiz. Loyiha g’oliblari qanday imkoniyatga ega bo’lishlarini avval sizga ma’lum qilmayotgan edik. Endi menimcha bunga vaqt yetdi. Loyihaning eng asosiy sovrinlaridan biri bu «COOL» — dizayn studiyasi tomonidan taqdim etilajak o’z yo’nalishiga ega bo’lgan maxsus to’liq bir sayt. Loyihada qay bir jamoa («Best of best» yoki «VIJajda») g’olib chiqsa, o’sha jamoa a’zolariga tayyor sayt ishga tushirish uchun topshiriladi va ular mazkur saytni boshqarish huquqiga ega bo’ladilar.

2) Hamkorlarimiz safi keng. Buni barchangiz yaxshi bilasiz. Ammo, bu bilan biz sira cheklanmaymiz. «Tarona Records», «O’zbegim taronasi», «A’lo FM», «Navro’z», «Hamroh» kabi hamkorlar safiga endilikda «Zamin FM» hamda «Cinema Magazine» qo’shilmoqda. Ayni damda bu ikki yangi hamkorimiz bilan hamkorlik turlari ko’rib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda buning natijasidan ham boxabar qilamiz. «Cinema Magazine» jurnali bilan hamkorligimiz esa kelasi haftadan o’z ishini boshlaydi, nasib etsa.

3) SB.uz portali qoshidagi saytlar soni ham ko’payib borayotganidan xabaringiz bor. Ushbu saytlar qatoriga yaqindagina ikki yangi loyiha qo’shilgan: Catalog.SB.Uz hamda Taom.SB.Uz . Hozirda esa saytlar reytingini aniqlab beruvchi yangi loyiha hamda yumorga boy, latifalar, handalar makoniga aylanishi kutilayotgan, kayfiyatni 100% ko’taradigan sayt ham ishlab chiqilmoqda. Bu saytlar ham yaqin kunlar o’z faoliyatini boshlaydi.

4) Yulduzlarga siz yanada yaqinroq bo’lishingizni ta’minlaydigan yangi loyiha haqida hozircha ko’p to’xtalib o’tirmaymiz. Ammo, u hafta davomida sizni xushnud etib borishi aniq. Bu qanday loyiha ekanligiga qiziqayotgan bo’lsangiz, biz bilan birga qoling va yana ozgina sabr ila kuting!

Bu faqat boshlanishi xolos…


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *