Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Dek, 2007

SB.uz portalida o’zingizni sinab ko’ring!

Diqqat, tanlov!SB.uz portali o’z ijodiy guruhini kengaytirish va haqiqiy iste’dod egalarini yuzaga chiqarish maqsadida yangi tanlov o’tkazishga qaror qildi. Siz o’zingizni turli yo’nalishlarda sinab ko’rish va eng asosiysi bu imkoniyatlaringizni xalq e’tiboriga taqdim etish imkoniyatiga egasiz. Bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi. Shunday ekan ishtirok etishga shoshiling!

Eng avvalo siz nimaga qiziqishingizni va nimalar qila olishingizni aniqlab oling, so’ngra aniq dalillar asosida bizga o’zingizni qanday imkoniyatlarga ega ekanligingizni yozib yuboring! Demak, mazkur tanlovning qisqacha tartib-qoidasi bilan tanishib oling.

Tanlov qoidalari:
1. Tanlovda ishtirok etishni istagan har bir foydalanuvchi o’z imkoniyatlarini aniqlab olishi va uni aniq dalillar asosida ko’rsatib berishi lozim.
2. Tanlovda ishtirok etish uchun birov tayyorlagan loyihalardan foydalanish mutlaqo mumkin emas.
3. Har bir ishtirokchi bemalol bir necha yo’nalishlarda ishtirok etish xuquqiga ega, ammo o’zi bilmay turib ishtirok etishni istayman, degan taklif bilan chiqish noto’g'ri. Bu holda ishtirokchi tanlovdan avtomatik ravishda chetlashtiriladi.
4. Ishtirokchilar tanlagan yo’nalishlari bo’yicha kamida 3ta na’muna ko’rsatishi talab qilinadi.
5. Tanlovga taqdim etilgan loyihalar, ijod na’munalari qaytarilmaydi va undan SB.uz portali muallif nomini ko’rsatgan holda foydalanish xuquqiga ega bo’ladi.
6. Tanlov bugundan (23.12.07) e’tiboran ochiq deb e’lon qilinadi va 2008 yil 1 fevraliga qadar davom etadi. Qishning so’nggi oyida g’oliblar aniqlanadi va SB.uz portali ijodiy guruhi safiga qabul qilinadi.
7. Barcha ishtirokchilar 2008 yilning 1 fevraliga qadar o’z ijod na’munalarini info@sb.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.

Tanlov yo’nalishlari:
1. Jurnalistika —
(SB.uz portali va uning ikkinchi darajali saytlari uchun maqola yozish, mualliflar o’zi yozgan maqolalarini tanlov uchun taqdim etishlari lozim. Iloji bo’lsa, maqola qachon va qayerda chop etilganini ham yozib yuborishlari lozim. O’zbek, rus va ingliz tillari bo’yicha alohida-alohida muxbir qabul qilinadi)
2. Administrator yordamchisi - (portalning ijodiy, tashkiliy va rasmiy ishlarida ko’makdosh. Ishtirokchilar shu kunga qadar shunga o’xshash qanday lavozimda faoliyat yuritganligi va o’z imkoniyatlarini ma’lum qilishlari kerak)
3. Wallpaperman - (san’atkorlar fotosuratlari asosida, chiroyli dizayn ko’rinishida wallpaper tayyorlash. Ishtirokchilar tayyorlagan wallpaperlarni na’muna sifatida yuborishlari lozim. Wallpaperlar 1600×1200 hajmda bo’lishi talab qilinadi)
4. Avatar yasovchi — (portal foydalanuvchilari uchun chiroyli, animatsion gif formatidagi 120×120 hajmdagi rasmlar tayyorlashi kerak. Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlagan avatarlaridan na’muna sifatida yo’llashlari so’raladi)
5. Web dizayner - (turli xil saytlar uchun professional darajadagi dizaynlar tayyolovchi shaxs. Tanlovda ishtirok etish uchun shu kunga qadar tayyorlagan dizaynlarini namoyish etishlari lozim. Dizaynlar shablon asosida tayyorlanmagan bo’lishi shart. Tayyorlagan dizaynlari uchun URL yo’llanmalarini yoki fotosurat shaklida yo’llashlari so’raladi)
6. Fotomuxbir - (ushbu yo’nalishda ishtirok etishni istovchilar yulduzlarimizni fotosuratga tushirishlari lozim. Tanlov uchun o’zlari tushirgan yulduzlarimiz fotosuratlarini taqdim etishlari kerak. Fotosuratlar sifati talabga javob berishi shart)
7. Web dasturlovchi - (php, html, asp, cgi, wbp va boshqa web-sayt tillarini yaxshi tushunadigan va o’zi shu web-sayt tillarida dastur yozib chiqa oladigan dasturlovchilar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish uchun yuqorida sanab o’tilgan web-sayt tillarida o’zlari tayyorlagan saytlarini taqdim etishlari lozim. URL yo’llanmalar ko’rinishida o’z ishlarini taqdim etishlari mumkin)
8. Java-script mutaxassisi — (bu yo’nalishda java-script bo’yicha turli scriptlar tuza oladigan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga o’zlari yozgan scriptlarini taqdim etishlari lozim. Scriptlar tekst fayl (txt) ko’rinishida taqdim etilishi mumkin yoki biror bir saytda ishlatilgan script uchun URL yo’llanma tariqasida ham qabul qilinadi)
9. Flash dizayner — (mazkur yo’nalishda ishtirok etishni istagan ishtirokchi flash bannerler, flash o’yinlar, flash kliplar, flash saytlar taqdim etishlari lozim. Tayyorlangan ijod namunalari og’ir bo’lmasligi va sifatli bo’lishi talab qilinadi)
10. Loyihashunos — (portalga foydasi tegadigan turli qiziqarli loyihalar o’ylab chiqish. Tanlov uchun o’zi ishlab chiqqan bir qator loyihalarini taqdim etishi lozim)

(P/S: Eslatib o’tamiz, o’z ijod na’munalaringizni info@sb.uz manziliga yuboring!)

Diqqat, tanlov!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *