Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Dek, 2008

SB.uz portalida 2008 yil sarhisobi!

2008 yil sarhisobiMana ha demay 2008 yil ham o’z yakuniga yetadi va aynan mazkur yil yakunida sarhisob qiladigan fursat yetdi. Xo’sh, 2008 yil SB.uz portali o’z muxlislari uchun qanday ishlarni amalga oshirdi? Uning bu yilgi yutuqlari nimalardan iborat bo’ldi? Shu kabi savollarga mana shu maqola orqali javob topishingiz mumkin. Ishonamizki, bu ma’lumotlar hech biringizni e’tiboringizdan chetda qolmaydi.

O’tib borayotgan yil 1-raqamli portal tarixida o’ziga hos yuqori o’rin tutishiga shubha yo’q. Mazkur yil biz uchun anchayin muvaffaqiyatli kechdi, deb bemalol ayta olamiz. Ushbu yutuqlar haqida batafsil ma’lumot quyida keltirib o’tilgan:

2008 yil boshidanoq bir qator g’oyalar ustida ish olib borgan SB.uz portali ijodkorlari izlanishdan sira to’xtagani yo’q va eng birinchi g’oyasi bu estradamizning eng nomdor yulduzlari ijrosidagi maxsus tarona yaratish edi. Estradamizning eng yorqin yulduzlari Sardor Rahimxon, Oybek va Nigora, Ziyoda, Manzura, Nilufar Usmonova, Shahriyor, «Setora» guruhi, Indi, Anvar va «Non-Stop» guruhi ijro etdi. Qo’shiq matni va musiqasi YAKzoN ijodidan bo’lsa, aranjirovka muallifi Anvar bo’ldi. Qo’shiqni yozishda yaqindan yordam berganlar: «Insane Music» ovoz yozish studiyasi hamda »O’zbegim taronasi» radiosi. Prem’era 4 fevral kuni «O’zbegim taronasi» radiosida bo’lib o’tdi. Qo’shiqni ko’chirib olish

SB.uz portali uchun qo’shiq tayyorlash g’oyasi aslida undan keyingi g’oyaga chambarchas bog’liq edi. Ya’ni, sevimli portalimizning rasmiy ma’nodagi 2 yillik to’yini nishonlash g’oyasi (aslida SB.uz portalining ilk qadamlari 2005 yil boshida qo’yilgan). 25 fevral kuni «Muqimiy» teatrida kutilgan va kutilmagan katta gala-konsert bo’lib o’tdi. Konsert dasturi albatta portalimizning 2 yillik to’yi munosabati bilan uyushtirildi va unda yuqorida yozilgan qo’shiq asosiy tarona sifatida barcha yulduzlar ishtirokida ijro etildi. Konsertda ishtirok etgan yulduzlar ro’yhati quyidagicha:
1. Iroda Yusupova
2. Masrur Usmonov
3. Samandar va Dilshodbek Xoliqov
4. Indi
5. Zebo
6. Mirjamol
7. Dinara
8. Afsona
9. Aziz Rametov
10. Hojiakbar
11. «Shod» guruhi
12. Bilol
13. «Non-stop» guruhi
14. Otabek Mutalxo’jaev
15. Yasmina va Anvar
16. Iroda Nosirova
17. Firdavs
18. Jahongir.uz
19. Doston Ubaydullaev
20. «Afruz» guruhi
21. Yodgor Mirzajonov
22. Shohruhxon
23. Shahnoz
24. Setora
25. Nilufar Usmonova
26. Shahriyor
27. Manzura
28. Ziyoda va Ulug’bek Rahmatullaev
29. Oybek va Nigora
30. Sardor Rahimxon
31. Shohruh
Konsertni tashkillashtirishda, u haqida ommaga yetkazishda bizga «Muqimiy» teatri, «O’zbegim taronasi» radiosi, «A’lo FM» radiosi, «Navro’z» radiosi, «Hamroh» radiosi, «Tasvir» gazetasi yaqindan yordam berdilar. Afsuski tashkillashtirish jarayonida ba’zi kompaniya va tashkilotlar bizga yordam ko’rsatishga bergan va’dalari ustidan chiqa olmadilar. Konsert dasturini boshlovchi tariqasida Iroda Nosirova hamda Ulug’bek Rahmatullaev olib bordilar. Konsert dasturi qanday o’tganligi haqida yangilik.

SB.uz 2 yoshda konserti

O’tkazilgan konsert dasturidan zavqlanib, ijodiy guruhimiz bilan birgalikda keyingi g’oyani ilgari surdik. Yaqinlashib kelayotgan bayram bu Navro’z bayrami edi. Bu bayram uchun ham yangi g’oya ilgari surildi — «SB.uz portalining sumalak bazmi!!!«
Sumalak bazmida estradamizning juda ham ko’plab yulduzlari ishtirok etishdi. Jumladan, Samandar, Shohruh, Sardor Rahimxon, Yasmina, Zebo, Dineyra, Kaniza, Firdavs, Otabek Mutalxo’jaev, «Fayoz» guruhi, «Non-Stop» guruhi, Sitora Ahmedova, Aziza Halilova, Dilshod Holiqov, Iroda Yusupova, Hayrulla Vahobov, Leyla va Bilol ishtirok etdi. Shuningdek, so’z ustasi Sanjar Shodiev ham bizning mehmonimiz bo’ldi. Kechani zavqli radioboshlovchi Dj Mix juda ham ajoyib tarzda olib bordi. »O’zbegim taronasi», «Navro’z» radiosi hamda «A’lo FM» radiosi jamoasi ham bizning mehmonimiz bo’ldi.

SB.uz portalida sumalak!!!

31 may kuni 2-sonli nogiron bolalar uyida bir qator estrada yulduzlari bilan hayriya konsert dasturi o’tkazdi. Zebo, Jahongir.uz, Dineyra, Otabek Mutalxo’jaev, «Fayoz» guruhi, Diyora, Firdavs, Iroda Dilroz, «Non-stop» guruhi, Iroda Yusupova, Jamshid Ahmedov (sobiq «Akesh» guruhi a’zosi) hamda Bilol ushbu hayriya konsertida bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishga harakat qildilar. Bayram shousini «O’zbegim taronasi» radiosining boshlovchisi Dj Mix ajoyib tarzda olib bordi. Mazkur radioning yana bir vakili Intizor Ochilova esa yangiliklar dasturi uchun maxsus reportaj tayyorladi. Bastakor hamda xonanda Diyoraning prodyuseri hisoblanmish Doniyor A’zamov hayriya konsertini uyushtirishda ko’mak berdi. Hayriya tadbiri haqidagi maqola.

SB.uz hayriya konserti

Uyushtirgan tadbirlarimiz haqida berilgan ma’lumotlardan so’ng virtual hayotdagi o’zgarishlarni ham ma’lum qilish vaqti yetdi. Yil davomida SB.uz o’z loyihalari safini kengaytirishda davom etdi. Jumladan, www.game.sb.uz , www.upload.sb.uz , www.media.sb.uz , www.catalog.sb.uz , www.soft.sb.uzwww.kulgu.sb.uz va boshqalar. Eng nomdor loyihalarimizdan biri Forum.SB.Uz ham o’z reytingini forumlar ichida yuqorilab bormoqda va O’zbekistonda 5-o’rinni egallab turibdi (albatta hozircha).


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *