SB.uz portali yana 1 o'rinni zabt etdi!
SB.uz portali muxlislari uchun ajoyib yangilik! Mana deyarli 5 yildan buyon o'z faoliyatini yuritayotgan internet saytimiz o'z o'rniga ega ekanligini isbotlab kelmoqda. Buni kuni kecha e'lon qilingan natija orqali ham anglash mushkul emas. Sevimli portalingiz internet festivalda birinchi o'rinni zabt etdi!
SB.uz portali «FOND FORUM», «Kelajak ovozi», infoCOM.uz, UZINFOCOM hamda Mirada Software tomonlaridan o'tkazilgan internet festivalda WWW.UZ ko'rsatkichlari bo'yicha «Madaniyat va san'at» yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi. 20-sentyabr kuni soat 18:30da Mustaqillik maydonida joylashgan Yoshlar ijodi saroyida g'oliblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi. Biz o'z o'rnida shuncha yildan buyon bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan ko'p sonli, sodiq muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu mukofot bizniki emas, aslida sizlarniki hisoblanadi!
G'oliblarning batafsil ro'yhati bu yerda ko'rsatilgan