Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Apr, 2008

SB.uz portali sumalak bazmidan 180 fotosurat!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!Shou-biznes olami portali muxlislarining xabarlari bor, 29-30 mart kunlari SB.uz portali estradamiz yorqin yulduzlari bilan birgalikda «Sumalakdan tosh topdim» deb nomlangan sumalak bazmini o’tkazgan edi… Albatta sumalak bazmi qanday va qay tarzda o’tgani haqida sevimli portalingiz SB.uz portali orqali tanishgansiz! Nihoyat, ushbu sumalak bazmida suratga tushirilgan fotosuratlarni sizning hukmingizga havola etishga tayyormiz!

«Sumalakdan tosh topdim» deb nomlangan ushbu sumalak bazmini qoyilmaqom tarzda Zavqli radio «O’zbegim taronasi»ning ajoyib radioboshlovchisi Dj MIX olib bordi. «Navro’z» va «O’zbegim taronasi» radiolari orqali on-line tarzda sumalak bazmi haqidagi eng so’nggi yangiliklar yoritildi. SB.uz portalining yulduzlar ishtirokidagi ushbu sumalak bazmiga Shohruh, Sardor Rahimxon, Samandar, «Non-Stop» guruhi, Leyla, Zebo, Yasmina, Kaniza, Dinara, Iroda Yusupova, «Fayoz» guruhi, Firdavs, Otabek Mutalxo’jaev, Hayrulla Vahobov, SB.uz portalining musiqiy loyihasi Bilol, so’z ustasi Sanjar Shodiev, Aziza Halilova, «Xordiq» gazetasi ijodkorlari, «A’lo FM», «O’begim taronasi» va «Navro’z» radiosi ijodkorlari, «Toshkent» teleradiokanali muxbirlari tashrif buyurishdi. Sumalak bazmi erta tonggacha davom etdi. Eng qiziqarlisi ertasi kuni erta tongda «Fayoz» guruhi yigitlari uyqudan uyg’onishlari bilan nonushta qilmasdan turib barchaga manzur bo’lgan «Soyabon» taronasi bilan bazmni davom ettirishdi. Shu bilan birin-ketin boshqa xonandalarning qo’shiqlari ketma-ketligiga ulanib ketdi. Bunga siz, qiziqarli va takrorlanmas fotosuratlarni tomosha qilib ham bilib olishingiz mumkin. Yaqin kunlarda SB.uz portali ijodiy jamoasi yana bir loyiha ustida ish olib bormoqda. Bu haqida albatta tez orada 1-raqamli portal www.ShoubizneS.uz portali orqali tanishib olasiz!

Sumalak bazmini o’tkazishda, poytaxtimizning Sobir Rahimov tumani, general Komiljon G’ofurov mahallasida istiqomat qiluvchi Qo’chqorovlar oilasiga Shou-biznes olami portali ijodiy jamoasi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

SB.uz portalining Sumalak bazmi!

Barcha fotosuratlarni tomosha qilish


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 108 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *