Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
SB.uz portali madhiyasi prem’erasi!!!
25 Fev, 2013

SB.uz portali madhiyasi prem’erasi!!!

SB.uz madhiyasi prem'erasiSB.uz portali madhiyasi tayyor. Endi uni prem’era qilish darkor. Shunday ekan, biz ham odatga ko’ra eng birinchi radioto’lqinlar orqali prem’era qilishni lozim topdik. Bizning ko’p yillik yaqin hamkorlarimiz hisoblanadigan bir qator radiolar madhiyamiz prem’erasini taqdim etadilar. Eng birinchi «O’zbegim taronasi»da!!!

Endi SB.uz portali madhiyasi ijrochilarining to’lqin ro’yhati bilan ham tanishtirsak bo’laveradi. Marhamat, yangi madhiyamiz ijrochilari bilan tanishing: Tohir Sodiqov, Rayhon, Rashid Xoliqov, Shahzoda, Sardor Rahimxon, Ziyoda, Ulug’bek Rahmatullaev, Nilufar Usmonova, Samandar, Manzura va «Benom» guruhi. Musiqa mualliflari: Rustam Bek va Sherzod Mardiev. Matn muallifi: Rustam Bek. Studiya: «H.U.M.O Records». Madhiyamiz uchun klip ham suratga tushirilgan va ayni damda montaj ishlarining so’nggi daqiqalari ketmoqda. Tez orada klipni ham siz azizlarga taqdim etamiz.

SB.uz portali madhiyasini qachon eshitamiz? Bu savolni men so’nggi kunlarda juda ko’p eshitdim va nihoyat unga javob berish fursati yetdi. Bugun 25 fevral soat 18:20da «O’zbegim taronasi» radiosida, 20:30da «Navro’z» radiosida, 18:00 va 22:00 oralig’ida «Zamin FM» radiosida yangi madhiyamizni tinglash imkoniyatiga ega bo’lasiz. Prem’erani o’tkazib yubormang. Darvoqe, «Grand» radiosi ham madhiyamizni taqdim etishni rejalashtirishgan edi, biroq hozircha bizga aniq qaysi vaqtda qo’shiq efirga uzatilishini ma’lum qilishmaganliklari sababli bu haqida to’xtalib o’tmadik. «A’lo FM» radiosida esa 27 fevraldan boshlab yangi madhiyamiz jarang socha boshlaydi.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Radio yangiliklari, Tanlanganlar | 951 ta o'qildi | 1ta izoh

COOL.SB.uz -

1ta izoh

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *