Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Sen, 2010

SB.uz portali «Madaniyat va san'at» yo'nalishida tengsiz!

IF.uz Internet FestivalHa, bir qator internet olami mutaxassislari tomonidan uyushtirilgan Internet Festivalda SB.uz portali «Madaniyat va san'at» yo'nalishida WWW.UZ hisobi bo'yicha eng tashrif buyuruvchi resurs deb topildi va maxsus diplom bilan taqdirlandi.

20 sentyabr kuni Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida joylashgan «Yoshlar Ijod Markazi»da bo'lib o'tgan Internet Festival taqdirlash marosimida sevimli portalingiz maxsus diplom bilan taqdirlandi. Bu biz va bizning portal muxlislari uchun juda ham quvonarli hol. Bunday mukofotni har kim, har kun ham qo'lga kiritavermaydi. Ushbu festivalni tashkil etgan tashkilotchilarga va bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ushbu kechada g'oliblarni qutlash uchun tashrif buyurgan estrada yulduzlari qatorida Sardor Rahimxon, Rayhon, «Durdona» guruhi kabi ijodkorlarni ko'rishingiz mumkin edi. Festival tashkilotchisi Aleksandr Suchkov sahnada kaminaga bergan bir savoli barchani qiziqtirishi, jumladan meni ham qiziqtirishi tabiiy hol: «Kechada qo'shiq kuylab, qutlash uchun tashrif buyurgan xonandalar Shou-biznes.uz portali ham biror mukofotni qo'lga kiritdimi? — deb so'rashmoqda, nima siz ularga shu savolni bering deb aytganmidingiz», -  dedi koordinator Suchkov. Va albatta men unga javoban, biz barcha xonandalar bilan do'stona munosabatda ekanligimizni, demak ular bu haqda so'rashdimi bizni portal biror natijaga erishishidan umidvor bo'lganliklarini aytib o'tdim. Darhaqiqat yulduzlar ham bizni qo'llab turganidan bag'oyatda hursandmiz va ularga ham o'z o'rnida tashakkur deb qolamiz.

IF.uz Internet Festival

IF.uz Internet Festival

IF.uz Internet Festival

IF.uz Internet Festival

IF.uz Internet Festival


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *