Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Fev, 2008

SB.uz portali ijodiy kechasiga taklifnoma…

SB.uz 2 yoshdaXabaringiz bor, 25 fevral, soat 17:00 da bo’lib o’tadigan ijodiy kechamizda estradamizning deyarli barcha vakillari qatnashadilar. Shunday ekan, siz aziz portalimiz foydalanuvchilarida ushbu ijodiy kechaga 2 kishilik taklifnomani qo’lga kiritish imkoni mavjud. Qanday deysizmi? Barchasi oddiy…Portal tarixi bo’yicha sizga 4 ta savol beriladi va ushbu savollarning barchasiga 100% to’g'ri hamda eng birinchi javob bergan 3 foydalanuvchimizga portal nomidan 2 kishilik taklifnoma taqdim etiladi. Demak, savollar bilan sizni tanishtirib o’tamiz:

1) SB.uz portali tomonidan ilk «ON-LINE Videokonferensiya» qachon va kim bilan o’tkazilgan?
2) SB.uz portalidagi ilk yangilik kimga tegishli?
3) SB.uz portalining ilk ON-LINE o’yini qanday nomlanadi?
4) SB.uz portalidagi ilk FLASH klip kimga tegishli va u qanday nomlanadi?

Yuqoridagi savollarga javoblarni menimcha topish unchalik ham qiyin emas. Eslatib o’taman, javoblaringizni info@sb.uz elektron manziliga yuborishingiz talab qilinadi. Ijodiy kechada uchrashguncha…


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *