Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
29 Yan, 2008

SB.uz portali gimni musiqa va matn muallifi — YAKzoN!!!

YAKzoNAvval xabar berganimizdek, SB.uz portalining 2 yillik to’yiga katta hozirlik ko’rilmoqda. Portalimiz uchun maxsus gimn tariqasida qo’shiq yozilayotgani haqida ham ma’lumot berib o’tganmiz. Uning aranjirovka ustasi haqida avval xabar bergan edik. Endi navbat musiqa va matn muallifiga yetdi. Demak, SB.uz portali gimnining musiqa va matn muallifi YAKzoN!!!

YAKzoN — bu ijodkor sizga Nilufar Usmonovaning «Taslim bo’ldim», Shahzodaning «Surxandaryochasiga» va «Erkala» qo’shiqlari matn muallifi sifatida yaxshi tanish. Uning ijodiy faoliyatida juda ham ko’plab hit taronalari topiladi. Eng asosiysi u bugungi kun yoshlariga nima yoqishini bila oladi. Yosh ijodkorning ijodiy izlanishlariga nazar solgan holda SB.uz portalining 2 yilligiga bag’ishlangan gimnini yozish ma’suliyati yuklatildi. U o’ziga yuklatilgan vazifani a’lo darajada bajarib berdi.
Eslatib o’tamiz, gimn aranjirovkasi RnB ijrochi Anvarga tegishli, qo’shiqni yozishda bizga yaqindan yordam bergan «Insane Music» ovoz yozish studiyasiga hamda «O’zbegim taronasi» radiosiga o’z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Tez kunlarda gimnni ijro etgan estradamiz yulduzlari bilan ham sizni tanishtiramiz.
Juda ham oz qoldi…

YAKzoN


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *