Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Yan, 2008

SB.uz portali gimni aranjirovkachisi — Anvar!!!

AnvarSevimli portalingiz 2 yoshni qarshi olishi munosabati bilan katta konsert dasturiga jiddiy tayyorgarlik olib borilmoqda. Bu shunchaki konsert dasturi emas, yulduzlar yog’dusida o’tadigan katta anjuman! Bunday voqeani qo’yib yuborish kerak emas! Aynan mana shu konsert dasturi uchun maxsus tayyorlanayotgan www.Shou-bizneS.uz portali gimni ustida ish olib borayotgan ijodiy guruh bilan sizni tanishtirishni boshlaymiz. Gimn aranjirovka ustasi: RnB xonanda Anvar!

Anvar — u ajoyib ijodkor, yaxshi xonanda va aranjirovkachi. Uning ijod na’munalaridan siz xabardor bo’lsangiz kerak. Yasmina bilan birgalikda kuylagan «Yagonam» taronasi hit darajasiga chiqqanligi hech kimga sir emas. Demak, biz ham unga umid bog’lashimiz mumkin. Qo’shiq aranjirovkasi tayyor! Unga yozilayotgan so’zlar ham tez orada o’z nihoyasiga yetadi va uning ijodkori bilan ham sizni tanishtiramiz. Aranjirovkani tayyorlashda yaqindan yordam bergan «Insane Music» ovoz yozish studiyasiga portalimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Albatta, aranjirovka muallifi Anvarga ham tashakkurimizni alohida ma’lum qilamiz.

Anvar


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *