Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
SB.uz madhiyasining yana bir ijrochisi Rashid Xoliqov
18 Fev, 2013

SB.uz madhiyasining yana bir ijrochisi Rashid Xoliqov

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniSB.uz portali yangi madhiyasi tayyor bo’lishiga sanoqli kunlar qolmoqda. Biz esa har kuni mazkur madhiya ijrochilarini siz azizlarga tanishtirishda davom etmoqdamiz. Kecha madhiyaning ijrochilaridan biri Ziyoda ekanligini ma’lum qilgan bo’lsak, bugun yana bir mashhur yulduzimizning ishtiroki haqida xabar beramiz.

O’zbekiston Respublikasida Xizmat ko’rsatgan artist Rashid Xoliqov SB.uz portalining yangi madhiyasida o’z ijrosi bilan ishtirok etdi. Rashid Xoliqovning ajoyib ovozi yangi madhiyani yuqori saviyada chiqishi uchun albatta katta ahamiyatga ega. Juda ham mashhur yulduzlar ishtirokida yozilayotgan yangi madhiyamiz nasib qilsa barchaga birdek yoqadi, degan umiddamiz. Zero, haqiqiy yulduzlar yog’dusi yangi madhiya yaralishida ishtirok etishayotganligini ko’rib turibsiz. Rashid Xoliqovning yangi madhiyamiz yozilish jarayoni hamda unga klip olish jarayonida tushgan fotosuratlari portalimizni bezab turibdi. Marhamat, fotosuratlarni tomosha qiling.

SB.uz portalining yangi madhiyasiga oid ma’lumotlar:

Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov
Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi: Nodir Qo’chqorov
Matn muallifi: Rustam Bek
Musiqa muallifi: Rustam Bek va Sherzod Mardiev
Gitara ohangi: Nodir Toshxo’jaev
Studiya: «H.U.M.O Records»
Klip rejissori: Dilmurod Agzamov
Klip operatori: Izzat Lutfullaev
Grim ustasi: Doniyor Hakimov
Chiroqlar bo’yicha ko’makdosh: «MMM» video studiyasi
Fotosuratchi: Sardor Xasanov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 372 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *