Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
SB.uz madhiyasida Sardor Rahimxon!
22 Fev, 2013

SB.uz madhiyasida Sardor Rahimxon!

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniKecha ba’zi texnik sabablarga ko’ra birorta ham yangilik joylay olmadik. Shu sababga ko’ra SB.uz portali yangi madhiyasi ijrochilarini kundalik tanishtiruvidan kecha taqdim etilishi rejalashtirilgan Sardor Rahimxon fotosuratlari saytimizga joylanmagan edi. Bugun mana shu fotosuratlar va yangi ijrochimiz bilan tanishtiruv e’tiboringizga tortiq etilmoqda.

O’zbekistonda Xizmat ko’rsatgan artist Sardor Rahimxon SB.uz portalini shu kunga qadar tashkil etilgan deyarli barcha loyihalarida eng birinchilar qatorida ishtirok etgan. Doimo bizning portalimizni eng yaqin do’sti hisoblangan. Portalni madh etuvchi 3ta madhiya yozganimizdan xabaringiz bor. Mana shu madhiyalarning barchasida Sardor Rahimxon ishtirok etgan. Mana navbatdagi madhiyamizda ham doimgidek Sardor Rahimxon faolligini namoyish etdi. Taqdim etayotgan fotosuratlarimiz orqali Sardor Rahimxonning kayfiyati yuqori ekanligini sezish qiyin emas. Zero, bizning bayramimiz Sardor Rahimxonning ham bayrami demakdir. Haqiqiy do’stona munosabatimiz hali yana uzoq yillar davom etishiga shubhamiz yo’q.

SB.uz portalining yangi madhiyasiga oid ma’lumotlar:

Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov
Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi: Nodir Qo’chqorov
Matn muallifi: Rustam Bek
Musiqa muallifi: Rustam Bek va Sherzod Mardiev
Gitara ohangi: Nodir Toshxo’jaev
Studiya: «H.U.M.O Records»
Klip rejissori: Dilmurod Agzamov
Klip operatori: Izzat Lutfullaev
Grim ustasi: Doniyor Hakimov
Chiroqlar bo’yicha ko’makdosh: «MMM» video studiyasi
Fotosuratchi: Sardor Xasanov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 396 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *