Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
SB.uz madhiyasi ijrochisi: Manzura!
20 Fev, 2013

SB.uz madhiyasi ijrochisi: Manzura!

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniMana oradan yana bir kun o’tdi. Demak, madhiyamizni ijro etgan yulduzlardan yana birini siz azizlarga tanishtirish fursati yetdi. Bizning bugungi yulduzimiz Manzura. Bugungi kun o’zbek estradasida o’z o’rniga ega bo’lgan eng mashhur yulduzlardan biri hisoblangan Manzura ham portalimiz madhiyasida ishtirok etmoqda.

Ko’rib turganingizdek, va’daga muvofiq ravishda SB.uz portalining yangi madhiyasini faqat eng mashhur yulduzlargina ijro etishmoqda. Manzuraning ham o’ziga xos ovozi va ijrosi bizning madhiyada jarang sochadi. Xabaringiz bor yaqindagina Manzura otasi Muborak Yo’ldoshevning ko’rgazmasini tashkil etdi. Biz madhiyani yozayotgan vaqtimizda mana shu tadbirni tashkiliy ishlari avjiga chiqqan palla edi. Ko’plab yulduzlarimiz kabi Manzura ham ishlari ko’p bo’lsada, imkon topib yangi madhiyamizda ishtirok etdi.

SB.uz portalining yangi madhiyasiga oid ma’lumotlar:

Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov
Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi: Nodir Qo’chqorov
Matn muallifi: Rustam Bek
Musiqa muallifi: Rustam Bek va Sherzod Mardiev
Gitara ohangi: Nodir Toshxo’jaev
Studiya: «H.U.M.O Records»
Klip rejissori: Dilmurod Agzamov
Klip operatori: Izzat Lutfullaev
Grim ustasi: Doniyor Hakimov
Chiroqlar bo’yicha ko’makdosh: «MMM» video studiyasi
Fotosuratchi: Sardor Xasanov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 1 125 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *