Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
SB.uz madhiyasi ijrochilaridan yana biri Samandar!
14 Fev, 2013

SB.uz madhiyasi ijrochilaridan yana biri Samandar!

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniKecha siz azizlarga SB.uz portalining yangi madhiyasi yozilganligi va unga klip ham suratga olinganligi haqida xabar bergan edik. Madhiyani ijro etgan yulduzlar ko’pchilikni tashkil qilishi va ulardan eng birinchisi sifatida Tohir Sodiqovning SB.uz portalining yangi madhiyasini yozish va klipni suratga olish jarayonidagi fotosuratlarini e’tiboringizga tortiq etgan edik. Bugun esa ikkinchi yulduzimizga navbat — Samandar!

Bundan bir necha yillar ilgari «Sevgi fazosi» qo’shig’i orqali haqiqiy shov-shuvlarni ko’targan Samandar bugungi kunda ham yangi ijod namunalarini tayyorlash bilan band. Samandar ayni damda yangi qo’shiqlaridan biriga klip ham suratga tushirgan. Tez kunda mazkur klipni portalimiz orqali tortiq etamiz. Hozir esa Samandarning SB.uz madhiyasini yozish jarayoniga qaytsak. Haqiqiy yulduzlar yog’dusi bilan ijro etilayotgan yangi madhiyamizda Samandar ham o’z hissasini qo’shdi. Aynan mana shu jarayonlarda tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar esa sizlar uchun hozir tortiq etiladi.

SB.uz portalining yangi madhiyasiga oid ma’lumotlar:

Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov
Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi: Nodir Qo’chqorov
Matn muallifi: Rustam Bek
Musiqa muallifi: Rustam Bek va Sherzod Mardiev
Gitara ohangi: Nodir Toshxo’jaev
Studiya: «H.U.M.O Records»
Klip rejissori: Dilmurod Agzamov
Klip operatori: Izzat Lutfullaev
Grim ustasi: Doniyor Hakimov
Chiroqlar bo’yicha ko’makdosh: «MMM» video studiyasi
Fotosuratchi: Sardor Xasanov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 600 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *