Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Avg, 2008

SB.uz kuzga tayyorlanmoqda!

SB.uzSB.uz portali har faslga jiddiy tayyorgarlik ko’rishi sizga ma’lum. Biroq, kelayotgan kuz fasliga biz juda ham ko’p loyihalar bilan birgalikda hozirlik ko’rmoqdamiz. Hozir siz uchun ba’zi bir sirlarni oshkor etishga harakat qilamiz.

1-raqamli portal nomiga ega bo’lgandan so’ng shunga yarasha harakat qilish lozim. Buni inkor etmaymiz. Mana shu sababdan ham bugun biz siz uchun bir qator yangi tayyorlanayotgan loyihalarimiz haqida so’z yuritamiz.

1) SB.uz manzili shu kunga qadar portalimizning kirish qismi tariqasida ish yuritib kelayotgan edi. Endi esa bu manzilda ham siz alohida saytni ko’rishingiz mumkin. Ya’ni, SB.uz portali kuz faslidan e’tiboran Universal Portal nomi ostida harakatlanadi. Ushbu loyiha orqali siz endilikda Dunyo xabarlaridan ham voqif bo’lib borishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek, portalimizning ikkinchi darajali domenlarida faoliyat yurituvchi loyihalari (saytlari)dan ham xabardor bo’lib borasiz.

2) Forum.SB.Uz manzilidan joy olgan umumiy forumimizni bugungi kunda O’zbekistonning eng nomdor forumlari sirasiga bemalol kiritishimiz mumkin. Ushbu forumda 1 sentyabrdan e’tiboran «The Best Group — Super Loyiha!» ishga tushadi. Bu loyihada portalimiz va forumimiz foydalanuvchilari 10 kishidan iborat ikki jamoa bo’lib, musobaqalashishadi. Forum moderatorlaridan 2 kishidan har bir jamoa uchun sardorlar tayinlanadi. Loyiha davomiyligi 2 oy. G’olib jamoa a’zolari SB.uz portalidan bir qator imkoniyatlarga ega bo’ladi.

3) Chat.SB.Uz ushbu manzilda o’z faoliyatini yuritib kelayotgan chatimizda so’nggi oylarda ba’zi texnik nosozliklar kuzatilayotgan edi. Shu sababdan sentyabr oyining 1 sanasidan e’tiboran chatimiz ham yangi ko’rinishda ish boshlaydi.

4) «Zamin-FM» radiosi bilan bir qator hamkorlik loyihalari aynan kuz faslidan amalga oshiriladi.

5) SB.uz portalining ikkinchi darajali domenlarida faoliyat yurituvchi loyihalari (saytlari) bir manzildan joy oladi. Tez kunda qaysi manzildan joy olishi sizga ma’lum qilinadi.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *