Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Fev, 2008

SB.uz gimni ijrochilari!!!

All stars - SB.uz 2 yoshdaSB.uz portali 2 yoshga to’lishi munosabati bilan yulduzlarimiz ishtirokida maxsus tarona yaratilayotgani haqida avval xabar bergan edik. Endi esa, ushbu taronani aynan qaysi estrada yulduzlari ijro etgani va umuman qo’shiq yaralishida kimlarning yordami bunda beqiyos ekanligi haqida umumiy ma’lumotlarni siz aziz foydalanuvchilarga havola etamiz…

Avvalo gimnni maromiga yetkazib ijro etishgani uchun SB.uz portali ijodkorlari quyidagi o’zbek estradasi xonandalariga o’z minnatdorchiligini bildiradi:
1. Sardor Rahimxon
2. Oybek va Nigora
3. Ziyoda
4. Bilol
5. Manzura
6. Nilufar Usmonova
7. «Setora» guruhi
8. «Non-Stop» guruhi
9. Indi
10. Shahriyor
11. RnB ijrochisi Anvar

Qo’shiq aranjirovkasini tayyorlashda «Insane music» ovoz yozish studiyasiga va shaxsan Akmal Salixovga hamda taronani yozilishida yaqindan yordam bergan «O’zbegim taronasi» radiosi jamoasiga SB.uz portali ijodkorlari o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Maxsus tarona uchun klip suratga olishda yaqindan yordam berayotgan «Sharq sinema» kompaniyasiga ham o’z minnatdorchiligini bildiradi.

SB.uz portali uchun maxsus tayyorlangan ushbu qo’shiqning prem’erasini 4 fevral kuni soat 18:20da «O’zbegim taronasi» radiosida o’tkazib yubormang.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *