Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Fev, 2009

SB.uz gala-konsertiga chiptalar oz qoldi!!!

SB.uz 3 yoshda!!!SB.uz portali o’zining 3 yillik tavallud kunini keng nishonlash uchun taraddud ko’rayotganidan xabaringiz bor. Hozirda Toshkent shahri bo’ylab ko’plab afishalar osilgan. Ijodiy guruh esa konsert dasturini yuqori saviyada tashkillashtirish uchun harakatda. Konsert scenariysi ustida «O’zbegim taronasi» radiosi boshlovchisi Dj Mix hamda shoira, bastakor, xonanda Shahnoz ishlashmoqda.

Konsert dasturini scenariy mualliflaridan biri Dj Mix hamda «Poytaxt» radiosi boshlovchisi (sobiq «Smile online» radiosi boshlovchisi) Leyla olib boradilar. Hozirda konsert dasturi uchun turli xil shou-dasturlar o’ylab chiqilmoqda. Konsert dasturiga tashrif buyurgan muxlislarni kutilmagan sovg’alar qarshi oladi. Nafaqat estradamiz yulduzlari unutilmas sovg’alar ulashishadi, balki bizning hamkorlarimiz tomonidan ham turli sovg’alar taqdim etilishi rejalashtirilgan. Jumladan, «TPS» internet provayderi 1 oylik chegarasiz internetga ulanish kartasi hamda 15000 so’mlik va 10000 so’mlik internet kartalarini shou-dasturda g’olib chiqqan muxlislarga sovg’a qilishadi. Xullas, sovg’alar bisyor. Bularni qo’lga kiritish uchun konsert dasturiga tashrif buyurish kifoya!!! Darvoqe, konsert dasturi uchun chiptalar soni chegaralangan va hozirda chiptalarning teng yarimi sotilib bo’linganligi e’tiborga molik!!!

SB.uz 3 yoshda!!!

SB.uz 3 yoshda!!!

SB.uz 3 yoshda!!!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *