Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Dek, 2010

«SB.uz 5 yoshda!» konsert dasturiga oz qoldi…

SB.uz 5 yoshda!2011 yil 25 fevral kuni SB.uz portali o'zining rasmiy 5 yillik to'yini nishonlaydi. Hozir portal ijodkorlari 5 yillikni qarshilash uchun sitqidildan harakat qilishmoqda. O'tgan 5 yil mobaynida portal misli ko'rilmagan yutuqlarga erishganligi hech kimga sir emas. Turli ommaviy tadbirlar, son sanoqsiz muvaffaqiyatli loyihalar, maxsus qo'shiq, kliplar va hokazo.

Albatta bular qatorida «Muqimiy» nomidagi musiqali drama teatri hamda «Turkiston» san'at saroylarida o'tkazilgan gala konsert dasturlarini ham alohida sanab o'tish o'rinli. Kelayotgan 2011 yilda esa konsert dasturi qayerda o'tkazilishi hozircha sir saqlanayotgan bo'lsada, tez orada barchaga oshkor etiladi. Mazkur konsert dasturida eng mashhur estrada yulduzlarini ko'rishingiz va kutilmagan sahna dekoratsiyasiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Konsert dasturiga homiylik qilish yoki konsertga oid g'oyalaringiz bo'yicha murojaat etmoqchi bo'lsangiz, info@sb.uz manzili orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin bo'ladi.

SB.uz 5 yoshda!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *