Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
27 Mart, 2011

«SB.UZ 5 yoshda!» gala-konsertidan taassurotlar!

SB.uz 5 yoshda25-mart, soat 18:00, «Istiqlol» san'at saroyida «SB.UZ 5 yoshda» gala konsertining bo'lib o'tishi ko'pchilikka ma'lum edi. Qolaversa, bu kunni intizorlik bilan ko'pchilik kutayotgan edi. Portalning 5 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan mazkur konsert dasturi juda ham qiziqarli va chiroyli bo'lib o'tdi. Dasturning aynan shunday bo'lib o'tishiga konsert rejissori Burxon Sharopov, boshlovchilikni o'z zimmasiga olgan Alisher Uzoqov hamda portal rahbari Mirtohir Mirg'ulomovning hissalari katta bo'ldi.

Portal ijodkorlarini quvontirgan holatlardan biri konsert zalining muxlislar bilan to'lganligi bo'ldi. Ayniqsa, konsert dasturimizga yoshi katta insonlarning tashrifi bizni yanada quvotirib yubordi. Bundan tashqari, dastur boshlovchisi Alisher Uzoqovning muxlislarni zeriktirmaslik uchun qilgan hatti-harakatlari konsertning fayziga fayz qo'shib yubordi desak mubolag'a bo'lmaydi. Dastur o'zgacha ya'ni turli xil video-roliklarga boy tarzda o'tdi. Eng qizig'i, konsertda qo'shiq kuylash xonanda Ziyodaga nasib qilmadi. Sababi u kechikib keldi. Ammo bundan ijodkorlar ham Ziyoda ham hafa bo'lishgani yo'q. Hullas konsert haqida qancha yozsak shuncha oz. Shuning uchun, hozircha esa biz sizga konsertdan ayrim foto-lavhalarni havola qilamiz. Keyinroq esa bu haqda to'liqroq to'xtalib o'tamiz…

 

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda

SB.uz 5 yoshda


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *