Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Mart, 2009

«SB.uz 3 yoshda»! Konsert tafsilotlari hamda ilk fotosuratlar…

SB.uz 3 yoshda!Kuni kecha 1-raqamli portal SB.uz 3 yoshga to’ldi. Ushbu unutilmas kunni SB.uz portali ijodiy jamoasi poytaxtimizda joylashgan «Turkiston» san’at saroyida do’stlari hamda eng ashaddiy muxlislari davrasida keng nishonladi. Eng aniq faktlar va eng sara fotosuratlarni hoziroq tomosha qilishingiz mumkin…

«SB.uz 3 yoshda» deb nomlangan gala konsertda o’zbek estrada olamining eng nomdor vakillari qatorida umidli yoshlar ham katta sahnaga ko’tarilishdi. Gala konsertda 30ga yaqin san’atkorlar qatnashishdi. Bular Rayhon, Sardor Rahimxon, Ulug’bek Rahmatullaev, Jakhongir.uz, Botir, Abduvali Rajabov, Yodgor Mirzajonov, Doston Ubaydullaev, Xayrulla Vahobov, Shahnoz, Shahnoza Abdullaeva, Ra’no, Dineyra, Mira, ilk bor katta sahnada «100%» guruhi, Mirjamol, Aziz Rametov, Alisher Rahmatullaev, J’Sultan, Jasurxon G’oipov, Dilnura & Sherzod va boshqalarni kiritish mumkin. To’g'ri konsert dasturi belgilangan vaqtdan biroz kechroq boshlangan bo’lsada, muxlislar tashrif buyurishganidan hech ham afsuslanishmadi. Gala konsertning e’tiborli tomoni shundaki, SB.uz portalining hayotida muhim rol o’ynagan insonlarga «SB.uz 3 yoshda» deb nomlangan tashakkurnomalarini topshirildi. Tashakkurnomalar poytaxtimizda yangi tashkil qilingan hamda SB.uz portalining madhiyasini yaratishda yaqindan ko’mak bergan «Studio.Uz» professional audio va video studiyasi hamda Jakhongir.uz, SB.uz portali madhiyasi uchun maxsus klipni suratga olgan Bahrom Berdiev, «SB.uz 3 yoshda» gala konserti scenariy muallifi Shahnoz va SB.uz portali bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelayotgan xonandalar Sardor Rahimxon va Ulug’bek Rahmatullaevlarga topshirildi. Gala konsertda ilk taronani Shahnoz ijro qildi va shundan so’ng birin-ketin boshqa xonandalar o’z qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi. Konsert dasturida Yodgor Mirzajonov, Abduvali Rajabov, Ulug’bek Rahmatullaev, Shahnoz, Sardor Rahimxon va ilk bor katta sahnaga qadam qo’ygan «100%» guruhining chiqishlarini muxlislar o’zgacha tarzda kutib olishdi. Konsert dasturini Dj MIX, xonanda, shoira hamda bastakor Shahnoz va Dj Leyla olib borishdi. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, Ulug’bek Rahmatullaev sahnaga chiqib qo’shiq kuylaganidan so’ng, xalq xizmatiga borishi kerakligini ta’kidlagandi va albatta konsert so’ngida yana tashrif buyurishini aytib o’tgandi. Alohida aytib o’tish kerakki, u o’zining so’zini ustida turdi. Ohirgi daqiqalarda tashrif buyurib, yana bir bor muxlislarini hushnud qildi. Shu o’rinda SB.uz portali ba’zi bir insonlarga konsertni tashkillashtirishda ishtirok etgan insonlarga o’zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi.

TASHAKKURNOMA!

1. SB.uz portalining madhiyasini yaratishda yaqindan yordam berganliklari uchun «Studio.Uz» professional audio va video studiyasi va Jakhongir.uz, matn muallifi Timur, original klip ishlab bergan rejissor Bahrom Berdievga.
2. «SB.uz 3 yoshda» gala konsertining scenariy muallifi Dj MIX va Shahnozga.
3. «SB.uz 3 yoshda» gala konserti haqida tinmay yoritib kelgan «Zamin FM», «A’lo FM», «O’zbegim taronasi», «Poytaxt Infomedia», «Navro’z», «Hamroh» radiolariga.
4. «Bekajon» va Erudit Ijodiy markazi, «Parvona» hamda «Humo+TV» gazetalariga.
6. Alohida minnatdorchilik «Marjona» jurnali tahririyatiga.
7. «SB.uz 3 yoshda» gala konsertini tashkillashtirishda o’zining ko’magini ayamagan Raimqulov Shavkat Rajapovichga.
8. «SB.uz 3 yoshda» gala konsert dasturini suratga olishda yordam bergan “After Media” studiyasiga.
9. Shuningdek, boshqa tashkiliy ishlarda o’zining yordamini ayamagan Olimxo’ja Azimov, Doniyor Agzamov, Nodirbek Qo’chqorov, Abduqodir Abduqayumov, Laziz Hamidov, Sardor Qobilov va boshqa insonlarga ham o’z minnatdorchiligini bildiradi.
10. «SB.uz 3 yoshda» gala konserti ovoz rejissori Igor Iosisga.
11. O’ziga xos sahna dekoratsiyasini yaratishda yaqindan yordam bergan Dilmurod Begmatovga.
12. «Toshshaharnur» kompaniyasiga
13. Va albatta «Turkiston» san’at saroyi ma’muriyatiga SB.uz portali o’z minnatdorchiligini bildiradi.

Portal prezidenti Mirtohir Mirg’ulomov.
Portal administratori Jahongir (JET) Yovmuddinov.
Portal jurnalisti Durbek Shofayziyev.

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!

SB.uz 3 yoshda!


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 63 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *