Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Yan, 2010

SB.uz: «2009 yil sarhisobi…»!

SB.uz2009 yil ham bir necha soatlardan so'ng tarix zarvaraqlaridan joy oladi. Ushbu yilda SB.uz portali uchun juda sermahsul keldi. Yil avvalida SB.uz portalining o'zining 3 yoshini muhtasham «Turkiston» saroyida muxlislari va keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda nishonladi… Qolaversa…

SB.uz portali rasmiy ravishda 3 yildan beri o'zbek shou-biznesining eng so'nggi va aytib o'tish kerakki eng xaqqoniy yangiliklarini tezkor ravishda yetkazib borishi bilan boshqa informatsion resurslardan farq qilib turadi. 2009 yilning avvalida o'zining 3 yilligini nishonlagan bo'lsa, keyinchalik yulduzlar ishtirokidagi sumalak bazmini o'tkazdi. Aynan bu yil SB.uz portali o'zining maxsus madhiyasini tayyorlab taqdim qildi. Madhiyani yaratishda SB.uz portalining doimiy hamkori «Studio.Uz» va «Maxi Studio» ovoz yozish studiyalari o'zlarining beminnat yordamlarini ayamadi. Madhiyaning mualliflari bastakor Jakhongir.Uz va shoir Timurdir. Madhiyaga maxsus klip esa rejissor Bahrom Berdiev tomonidan suratga olindi. 2009 yilning kuz oylariga kelib, SB.uz portali tubdan, ya'ni ham dizayn ham tizim tarafdan o'zgartirish borasidagi ishlar olib borila boshlandi. Albatta bu juda katta vaqt va mehnat talab qilar edi. Nihoyat, 1 dekabrdan e'tiboran SB.uz portali yangi dizaynda ishga tushirildi. Endilikda yangidan-yangi loyihalar ustida bosh qotirilmoqda. Kelayotgan 2010 yildan SB.uz portalining umidlari katta. Albatta bunda sizning yordamingizga tayanamiz. Hamisha SB.uz portali hamrohingizga aylansin.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 21 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *