Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Avg, 2006

Portal dizayni nega o’zgardi?

Shou-biznes.uzKutilmaganda portalimiz dizaynini o’zgarishi muxlislarni hayron qoldirdi. Bizga kelgan ko’p sonli maktublarda nega portal dizayni o’zgarganligi haqida savollar berilgan.

Kelgan maktublarning birida hatto foydalanuvchilarimizdan biri boshqa saytga kirib qoldim, deb adashganligi ham yozilgan. Xo’sh, portal dizayni nega o’zgardi? Bu savolga shunday javob berishimiz mumkin. Avvaliga sayt deb atalgan Shou-biznes.uz, endilikda portal deb atalayotganligiga e’tibor bergandirsiz… Bu bejiz emas… Zero, sayt deb 7-8ta sahifa va loyihalari bo’lgan internet resursga nisbatan aytiladi. Barchangizga ma’lumki, bizning resurs juda ham ko’p ma’lumotlarga va loyihalarga ega. Shunday ekan, Shou-biznes.uz ni bemalol PORTAL deb aytishimiz mumkin. Shu o’rinda bir ma’lumotni aytib o’tish o’rinli portalimiz bugungi kunda o’z yo’nalishi, ya’ni shou-biznes bo’yicha eng yetakchi va birinchi o’rinda! Siz aziz tashrif buyuruvchilarga qulaylik va a’lo darajadagi portalni taqdim etish uchun dizaynni yangi tusga kiritishga qaror qildik. Portal ijodkorlarining tinimsiz mehnati natijasida siz hozirda ko’rib turgan internet resursingiz faoliyat yuritmoqda. Yangi dizayn g’oyasi ham aynan portal ijodkorlariga tegishli, uni hayotga tadbiq etishda esa bizning ajoyib web-dizaynerimiz Sanjar Abdug’anievning katta mehnati sindi. Portalimiz web-masteri Rustam Fayzievning izlanishlari oqibatida siz uchun ajoyib imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, SMS hamda on-line ofis loyihalarini ishga tushirish bo’yicha mahsus dasturlar aynan shu ijodkorimizga tegishli. Rus tili bo’yicha ma’sul shaxs Matluba Musaeva doimiy ravishda yangiliklarni tarjima qilish bilan ovora. Flash-programmistimiz Akmal O’rinboev yosh bo’lishiga qaramay barcha berilgan g’oyalarni a’lo darajada amalga oshirmoqda. Jumladan, barchangizga birdek ma’qul kelgan o’yinlar hamda flash kliplarni yaralishida Akmal jonbozlik ko’rsatgan. Laziz Ahmedov ismli ijodkorimizning mehnati samarasi o’laroq siz uchun kompyuter ish stoli uchun ajoyib suratlar (wallpaper) tayyorlanmoqda. Yana bir yosh ijodkorimiz Ravshan Nurmuhammedov yaqindan boshlab yulduzlar haqidagi so’nggi yangiliklarni tayyorlab kelmoqda. Bu hali hammasi emas. Yaqin kunlarda siz uchun yana bir qator ajoyib loyihalarni ishga tushiramiz.


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 18 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *