Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
14 Iyun, 2012

«Photo Cup»da 3-chempion tez kunda aniq bo'ladi!

Photo CupMana bugun yana siz azizlarning e'tiboringizni «Photo Cup» loyihamizga qaratmoqchimiz. Ushbu loyihaga bo'lgan e'tibor borgan sari oshsa, oshmoqdaki, tushayotgani yo'q. Tez kunda mazkur loyihada 3 chempion nomi ham aniq bo'ladi. Bu chempion Selena Gomez, Zarina Nizomiddinova, Lola hamda Cristiano Ronaldodan biri bo'lishi aniq. Biroq, aynan qay biri chempion bo'lishini tez orada bilib olamiz.

Har birlari ham chempion degan nomga loyiq hisoblanishadi. Ammo, faqat ulardan bittasigina g'oliblik nashidasini surishi mumkin. Chorak finalda Selena Gomez Shahzoda Matchonovani mag'lub etdi, Lola esa yaqindagina birga duet kuylagan xonandasi Shohruhxonni mag'lub etdi, Zarina Nizomiddinova esa kimsan Shahzoda ustidan g'olib chiqdi. Cristiano Ronaldo esa Jessica Albadan ustun kelib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Mana shu g'alabalar ishtirokchilarni PC Reytingda katta to'ntarilish bo'lishiga sabab bo'ldi. Agar hozir biz PC Reytingga nazar tashlasak, u yerda birinchi o'rinda Lola, ikkinchi pog'onada Zarina Nizomiddinova, uchinchi o'rinni esa Shahzoda egallab turganini ko'rishimiz mumkin. Ha, bu kutilmagan natijalar! Ammo, bu hali hammasi emas, mana shu chempionat yakunida bu reyting yanada o'zgacha tus olishini tahmin qilish mumkin.
Hozirgi kunga qadar berilgan ovozlarga tayangan holda fikr yuritadigan bo'lsak, finalda Selena Gomez hamda Lola qarshiligini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, yakunda kim chempion bo'lar ekan Lolami yoki Selena Gomez? Buni hali vaqt ko'rsatadi. Albatta siz aziz muxlislar tomonidan berilgan har bir ovoz chempionni aniqlashda katta hissa qo'shadi. Agar finalda aynan Lola va Selena Gomez ishtirok etadigan bo'lsa, bizning tahminimiz statistik ma'lumotlarga tayangan holda Selena Gomezni g'olib chiqishini ko'rsatmoqda. Zero, bu ikki yulduzning bosib o'tgan yo'liga bir nazar tashlaylik keling.

 

Selena Gomezning shu turga qadar bosib o'tgan yo'li:

Guruh bosqichi 1-tur: Farruh Soipov 2129 Selena Gomez
Guruh bosqichi 2-tur: Ziyoda 1718 Selena Gomez
Guruh bosqichi 3-tur: Selena Gomez 386 Tarkan
Nimchorak final: Selena Gomez 4226 Shohruh
Chorak final: Selena Gomez 4336 Shahzoda Matchonova
Yarim final (Davom etmoqda. Hozirgi natija): Selena Gomez 1511 Zarina Nizomiddinova

(Selena Gomezning Yarim finaldagi raqibi Zarina Nizomiddinova Chorak finalda 1-fotosuratlar chempionati chempioni Shahzodani mag'lub etganligini ham alohida ta'kidlash lozim.)

 

Lolaning shu turga qadar bosib o'tgan yo'li:

Guruh bosqichi 1-tur: Lola 3629 Davr
Guruh bosqichi 2-tur: Lola 2419 Leonardo Di Caprio
Guruh bosqichi 3-tur: Lola 4333 Lionel Messi
Nimchorak final: Lola 5040 Kareena Kapoor
Chorak final: Shohruhxon 3338 Lola
Yarim final (Davom etmoqda. Hozirgi natija) Lola:  1410 Cristiano Ronaldo

(Lolaning Yarim finaldagi raqibi Cristiano Ronaldo esa Chorak finalda Jessica Albani mag'lub etgan.)

PC Reyting natijalar bilan tanishish

Yarim finalda ovoz berish


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *