Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
18 Mart, 2012

«Photo Cup»: Saralash o'yinlari qanday ketmoqda?

Saralash o'yinlari«Photo Cup» loyihasida 2-Chempionat o'yinlari ketayotgan bir vaqtda, 3-Chempionat baxslari uchun ham saralash o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Unda turli yo'nalishlardan bir qator ishtirokchilar qatnashayotgan bo'lib, hozirda saralashning 1-bosqich o'yinlari o'tkazilmoqda. Xo'sh, ushbu jarayon qanday kechmoqda?

Bu jarayonni kuzatib borish uchun aslida «Photo Cup» loyihasi saytiga tashrif buyurib, Saralash o'yinlari sahifasini kuzatib borishning o'zi kifoya qiladi. Biroq, muxlislarni qiziqtirgan ba'zi savollarga oydinlik kiritib o'tishni joiz deb bildik. Xo'sh, saralash o'yinlaridagi 12ta yo'nalish uchun nechtadan o'rin ajratilgan? Quyida ushbu savolga javob tarzida yo'nalishlar va ularga ajratilgan o'rinlar ro'yhati keltirilgan.

Jahon estradasi ayol xonandalari: 3ta
Jahon estradasi erkak xonandalari: 2ta
Jahon kinosi aktyorlari: 2ta
Jahon kinosi aktrisalari: 4ta
O'zbek estradasi ayol xonandalari: 5ta
O'zbek estradasi erkak xonandalari: 4ta
O'zbek estradasi aktrisalari: 3ta
O'zbek estradasi aktyorlari: 3ta
Jahon futboli yulduzlari: 2ta
O'zbek futboli yulduzlari: 1ta
Jahon estradasi guruhlari: 1ta
O'zbek estradasi guruhlari: 2ta

Mana shu tarzda ajratilgan o'rinlarni egallash uchun yulduzlar orasida qizg'in «jang» ketmoqda. Qiziq, qaysi yo'nalishdan kimlar 3-FCHda (Fotosuratlar Chempionatida) ishtirok etar ekan? Buni esa hal qilish aynan muxlislarning o'z qo'lida. Quyida saralash o'yinlariga tashrif buyurish uchun yo'llanma havola qilinadi, kirib ro'yhatdan o'tmagan bo'lsangiz, ro'yhatdan o'tib, so'ngra saralash o'yinlarida sevimli yulduzlaringizga ovoz berishingiz mumkin.

«Photo Cup» loyihasida 3-Chempionat uchun saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *