Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Yan, 2012

«Photo Cup» loyihasida endi saralash o'yinlari!!!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasini rivojlantirish maqsadida kun sayin yangidan yangi imkoniyatlar, qulayliklar yaratib borilmoqda. Ulardan yana biri ishga tushdi. Endilikda siz chempionatda ishtirok etadigan fotosuratlarni saralab borish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz. Demak, Fotosuratlar jangi yoxud Fotosuratlar chempionatida ishtirok etadigan rasmlarni ham saralaymiz.

Ushbu saralash bosqichi 2-Fotosuratlar Chempionati uchun bo'lib o'tmoqda. Fevral oyining yakuniga qadar ushbu saralash o'yinlari bo'lib o'tadi. Saralash o'yinlari 2-bosqichdan iborat bo'lib, avvaliga yo'nalishlardan ishtirok etishga loyiq nomzodlar so'rovnoma ko'rinishida ovoz berish yo'li bilan aniqlab olinadi. So'ngra, belgilangan miqdordagi yo'llanmalar o'z egalarini topganidan so'ng ularning bir necha turdagi fotosuratlari muxlislar uchun havola qilinadi. Mana shu bosqichdan o'tgan fotosurat chempionat ishtirokchisiga aylanadi. Demak, talablariga binoan saralash bosqichiga start beramiz va ovoz berish uchun sizni taklif qilamiz!

 

«Photo Cup» loyihasining 2-Fotosuratlar Chempionati cuhun saralash bosqichiga ovoz berish

«Photo Cup» loyihasining rasmiy saytiga o'tish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *