Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Iyun, 2012

«Photo Cup»: Galereya ishga tushdi, 4-chempionatga oz qoldi!!!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasida yana yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi. Ko'p sonli muxlislarning talablariga binoan mazkur loyiha ijodkorlari «PC Galereya»ni ishga tushirdi. Mazkur galereyadan endilikda chempionatlarda qatnashgan fotosuratlar o'rin oladi. Shuningdek, kuni kecha 4 chempionat uchun saralash o'yinlarining 2-bosqichiga va qur'a tashlash o'yinlariga start berildi.

2012 yilning 1 iyulidan start beriladigan 4-fotosuratlar chempionati o'yinlariga saralash uchrashuvlarining 2-bosqichi ham boshlandi. Shuningdek, 4-chempionatda ishtirok etadigan yulduzlarning fotosuratlari qaysi guruhdan o'rin olishini aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi ham ayni damda kuchga kirgan. Siz hoziroq www.photocup.sb.uz manziliga tashrif buyurib, saralash o'yinlarining 2-bosqichida hamda qur'a tashlash marosimida ishtirok etishingiz mumkin. Sevimli yulduzlaringizning qaysi fotosurati chempionatda ishtirok etishini sizning bergan ovozlaringiz aniqlaydi. Ishtirokchilarning qaysi guruhdan o'rin olishini ham aynan siz aniqlashingiz mumkin. Imkoniyatdan foydalaning.

PC Galereya — bu «Photo Cup» loyihasining maxsus fotogalereyasi bo'lib, undan «Photo Cup» chempionatlarida saralash va hal qiluvchi o'yinlarda ishtirok etgan barcha fotosuratlar o'rin oldi. Ushbu fotosuratlarni endilikda istalgan vaqtda tomosha qilishingiz mumkin. Ko'plab muxlislarning talablariga binoan amalga oshirilgan mazkur galereyani tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan Umid Ahmedjonovga alohida minnatdorchilik bildirib qolamiz. Darvoqe, ushbu loyihadan «So'rovnoma» sahifasi olib tashlandi. Zero, bu sahifa ayni kunga kelib, keraksiz deb topildi.

«Photo Cup» loyihasining PC Galereyasiga o'tish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 66 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *