Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
11 Apr, 2012

«Photo Cup»: Finalga oz qoldi!!!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasining 2-chempionati finaliga ham oz qoldi. Bugun chorak final o'yinlari o'z yakuniga yetib, yarim final baxslari boshlanish arafasida turibmiz. Xo'sh, yarim finalga kimlar chiqdi? «Bojalar» guruhi, Gulchehra Eshonqulova, Hritik Roshan va Lola!!! Sizningcha kim chempion bo'ladi?

Har birining o'z muxlisi bor, har biri o'z sohasida yetakchi, har biri chempionlikka haqli. Biroq, barchasi www.photocup.sb.uz saytida hal bo'ladi. Shunday ekan «Photo Cup» loyihasi chempionini aniqlashga oshiqamiz. Endi esa chorak final haqida qisqacha ma'lumot beramiz.

Demak, 2-Fotosuratlar chempionatining chorak finalida ilk to'qnashuv «Bojalar» guruhi hamda Lionel Messi o'rtasida kechdi. Asloda bu uchrashuvda Lionel Messining g'alabasiga ko'pchilik ishongan bo'lsada, «Bojalar» guruhi g'oliblikni ilib ketdi.
Gulchehra Eshonqulova hamda Shohruh o'rtasidagi uchrashuvda ham g'oliblikni qo'lga kiritgan Gulchehra Eshonqulova yutishiga ishonmaganlar yetarli bo'ldi. Ammo, Shohruhning muxlislari bu safar biroz o'zlarini ko'rsata olmadilarmi yoki bo'lmasa Shohruh ayollarga yo'l berishni afzal ko'rdimi natijada Gulchehra g'olib bo'ldi.
Ignatiy Nesterov chorak finalga qadar o'zini nimalarga qodir ekanligini ko'rsatib berdi. Biroq, turnirning yana bir debyutant ishtirokchisi Hrithik Roshan futbol bo'yicha milliy terma jamoamiz posbonidan ustunroq keldi.
Ziyoda va Lola. Nazarimda ushbu turning eng shov-shuvli «jangi» aynan shu ikki estradamiz yulduzi o'rtasida kechdi. Ziyoda 1 haftalik ovoz berish jarayoning deyarli 5 kuni davomida Loladan ustunlik qilib kelayotgan edi. Ammo, so'nggi kunlarda Lola Ziyodadan biroz ustunroq ekanligini isbotlab qo'ydi. Bu albatta «Photo Cup» loyihasidagi holat! Ijod taraflama har ikki ijodkorni ham o'z o'rni, o'z muxlislari, o'z yo'nalishi bor!
Xullas, mana shu ko'rinishda foto-chempionatning chorak finali yakuniga yetdi. Endi esa yarim finalda «Bojalar» va Hrithik Roshan, Gulchehra Eshonqulova va Lola o'rtasidagi baxsni kuzatishimiz mumkin bo'ladi. Yarim final 12 aprelda start oladi.

«Photo Cup» loyihasiga tashrif buyurish uchun yo'llanma

Chorak final
1

Bojalar
7666

Lionel Messi
2

Gulchehra Eshonqulova
7763

Shoxrux
3

Ignatiy Nesterov
6775

Hrithik Roshan
4

Ziyoda
118126

Lola

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *