Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
12 Avg, 2012

«Photo Cup»: 5-chempionatga oz qoldi!!!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasining 4-fotosuratlar chempionatida ayni damda play-off baxslari avjiga chiqqan palla. Hozir yarim final o'yinlari boshlanish arafasida. Shuningdek, 5-chempionat uchun saralash va guruhga ajratish bosqichlari ham bo'lib o'tmoqda. Qiziq, 4-chempionat g'olibi kim bo'ladi-yu, 5-chempionatda qanday kurashlar bizni kutmoqda?

Hozirda 4-fotosuratlar chempionatida 4ta ishtirokchi qoldi, xolos. Demak, yarim finalda biz Cristiano Ronaldo hamda Lola, Zarina Nizomiddinova va Shohruhxon to'qnashuvlarini kuzatishimiz mumkin. Qiziq, finalga kim chiqadi va chempion kim bo'lar ekan? Bu savolga harchand javob topishga urunmaylik, baribir buni muxlislarning shiddat bilan beradigan ovozlari ham qiladi. Oldindan qilinadigan tahminlari esa ba'zan to'g'ri chiqsa, ba'zida aksini ko'rsatadi. Biz faqatgina kuchlilar g'olib chiqishi tilakdoshimiz. Yarim final o'yinlari ertaga 13 avgust kuni start oladi.

Yarim final juftliklari bilan tanishish uchun yo'llanma

Hozirgi paytda 5-fotosuratlar chempionatining saralash o'yinlari 2-bosqichi bo'lib o'tmoqda. Bu turda xabaringiz bor har bir ishtirokchining 5tadan fotosurati chempionatda ishtirok etish uchun taqdim etiladi. Yakunda esa albatta har biridan faqatgina bittadan fotosurat chempionatda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Demak, 32ta ishtirokchining 5tadan fotosuratidan qay biri chempionatda ishtirok etish uchun loyiq ekanligini aniqlab berish, siz aziz muxlislar zimmangizga yuklatiladigan vazifa.

Saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanma

Shuningdek, ayni damlarda 5-chempionatda ishtirok etadigan yulduzlarning savatchalardan guruhlarga ajratish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Qur'a tashlash imkoniyati ham siz aziz muxlislar uchun taqdim etilmoqda. Marhamat, sevimli yulduzlaringizni 5-chempionatdagi guruhlarini aniqlashda yordam bering.

Qur'a tashlash sahifasiga o'tish uchun yo'llanma


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 114 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *