Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
24 Mart, 2012

«Photo Cup» 2-FCHda guruh o'yinlari yakuniga yetdi!

Photo Cup«Photo Cup» loyihasi qisqa fursat ichida o'zining ashaddiy muxlislarini topishga erishdi. Bu albatta ijobiy natija. Ammo, bu loyihaga nafaqat oddiy muxlislar, balki yulduzlarning o'zlari ham qiziqib borayotganliklari esa hammaning diqqatini o'ziga tortishi aniq. Xo'sh, mana shu yulduzlarning e'tiborini torta olayotgan «Photo Cup» loyihasining 2-FCH (Fotosuratlar Chempionati)da kimlar keyingi bosqichga chiqdi, degan savolga bugun javob topamiz.

Demak, har bir guruhga alohida to'xtalib g'oliblar bilan sizni tanishtiramiz. Mana shu keyingi bosqichga chiqqan ishtirokchilar esa ertaga, ya'ni 25 mart kuni nimchorak final bosqichida kurshlarni davom ettiradilar.

A guruhida Alisher Uzoqov Emma Watsonni mag'lubiyatga uchratib, 100%lik natija bilan keyingi bosqichga chiqdi. 2 o'rinni esa Bobur Yo'ldoshevni mag'lubiyatga uchratgan Iker Casillas oldi.
B guruhida Shahzoda Matchonova 9 ochko to'plagan holda 1-o'rinni oldi. 2 o'rin uchun Alizee bilan Preity Zinta kurash olib bordi. O'yinda durang natija qayd etildi. Bu durang ovozlar nisbatiga ko'ra Alizeeni guruhdan olib chiqdi.
C guruhida vaziyat jiddiy edi. Shohruh, Messi va hattoki Shohruhxonda ham guruhdan chiqish uchun imkoniyat bor edi. 3-turda harchand urinmasin, Shohruhxon Shohruhni mag'lub eta olmadi, Agarda Shohruhxon shu o'yinda g'alaba qozonganda, u guruhdan chiqishi aniq edi. Natijada Messi va Shohruh nimchorakda ishtirok etadigan bo'lishdi.
D guruhida kutilmaganda Hritik Roshan 1 o'rinni qo'lga kiritdi. Aslida bu guruhda Hritik jon saqlashiga ko'pchilik ishonmayotgan edi. 2 o'rinni esa Lola egallab keyingi bosqichga yo'l oldi.
E guruhida Shahzoda 100%lik natija bilan guruhdan chiqdi. Bu hol nazarimda hech kimni hayratga solgani yo'q. So'nggi turda Rani Mukherjee Shahzodaga yetarku darajada qarshilik ko'rsatsada, mag'lub eta olmadi. Umuman olganda Raniga durang ham kifoya edi. Biroq, unga biroz omad yetishmadi. Undan ko'ra omadliroq bo'lgan Tohir Sodiqov so'nggi turdagi fantastik mag'lubiyatiga qaramay keyingi bosqichga yo'l oldi.
F guruhida 2-turning o'zidayoq guruhdan chiqishi aniq bo'lib ulgurgan Munisa Rizaeva hamda Angelina Jolie 1-o'rin uchun kurash olib bordilar va bu uchrashuvda Munisaning qo'li balandroq keldi. Guruhni 2-o'yinida esa Avraam Russo va Ruhshonalar o'rtasidagi «keraksiz» uchrashuvda «ahamiyatsiz» durang natijasi qayd etildi.
G guruhida ham 2-turdayoq nimchorak final masalasini hal qilgan ishitirokchi bor edi. Aynan shu ishtirokchi, ya'ni Ziyoda so'nggi turda ham o'z an'anasiga sodiq qolgan holda o'z raqibini — Nyushani mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, ikkinchi o'rin kurashida Asal Shodieva Ignatiy Nesterovga imkoniyatni boy berib qo'ydi va Ignatiy Nesterov guruhni ikkinchi yulduzi sifatida keyingi bosqichgha chiqdi.
H guruhida birinchi o'rinni Gulchehra Eshonqulova egallagan bo'lsa, 2-o'rinni «Bojalar» guruhi Oybek Nigora ustidan g'alaba qozonib zabt etdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

3-tur o'yinlari natijalari bilan tanishish uchun yo'llanma

Guruh jadvali bilan tanishish uchun yo'llanma

Nimchorak finalda kimlar bir-biri bilan to'qnash kelganligini ko'rish uchun yo'llanma

 

3 — tur
A guruhi
(A guruhi)

Alisher Uzoqov
6562

Emma Watson
A guruhi
(A guruhi)

Bobur Yo'ldoshev
4449

Iker Casillas
B guruhi
(B guruhi)

Shahzoda Matchonova
8839

Dima Bilan
B guruhi
(B guruhi)

Preity Zinta
5353

Alizee
C guruhi
(C guruhi)

Shohruhxon
7171

Shoxrux
C guruhi
(C guruhi)

Lionel Messi
6660

Sogdiana
D guruhi
(D guruhi)

Lola
7370

Murod Rajabov
D guruhi
(D guruhi)

Hrithik Roshan
5847

Otabek Mutalxo'jaev
E guruhi
(E guruhi)

Backstreet Boys
5636

Tohir Sodiqov
E guruhi
(E guruhi)

Shahzoda
7271

Rani Mukherjee
F guruhi
(F guruhi)

Angelina Jolie
6265

Munisa Rizaeva
F guruhi
(F guruhi)

Avraam Russo
4545

Ruhshona
G guruhi
(G guruhi)

Ziyoda
5143

Nyusha
G guruhi
(G guruhi)

Asal Shodieva
4549

Ignatiy Nesterov
H guruhi
(H guruhi)

Johnny Depp
3256

Gulchehra Eshonqulova
H guruhi
(H guruhi)

Oybek va Nigora
4252

Bojalar

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 102 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *