Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
1 Mart, 2012

«Photo Cup»: 2-Chempionatga marhamat!!!

Photo Cup 2-ChempionatMana bahor fasli ham kirib keldi. Bahor faslining ilk kunida «Photo Cup» loyihasining 2-chempionatiga start berildi. Xabaringiz bor, birinchi chempionatda estradamiz malikasi Shahzoda g'olib bo'lgan edi. Qiziq, bu safar g'oliblik kimga nasib etar ekan? «Photo Cup» loyihasida yangi imkoniyatlar haqida bilishni istasangiz marhamat!

Demak, avvalo 2-chempionat baxslari haqida to'xtalib o'tsak. Yangi chempionat ham bugundan boshlandi. Unda ilk chempionatdagi kabi 32ta fotosurat chempionlik uchun baxs olib boradilar. Biroq, ulardan faqat bittasigina g'olib bo'ladi. Bu loyihada durrang natija faqat va faqat guruh baxslarida bo'ladi. Keling guruh ishtirokchilari bilan tanishib olamiz.
A — guruhi: Alisher Uzoqov, Emma Watson, Bobur Yo'ldoshev, Iker Casillas.
Guruh favoritlari: Alisher Uzoqov hamda Emma Watson

B — guruhi: Shahzoda Matchonova, Dima Bilan, Preity Zinta, Alizee.
Guruh favoritlari: Shahzoda Matchonova hamda Dima Bilan. Biroq, Preity Zinta va Alizee ham qarab turishmasa kerak.

C — guruhi: Shohruhxon, Shohruh, Lionel Messi, Sogdiana.
Guruh favoritlari: Shohruh hamda Shohruhxon. Ammo, bu guruhdagi barcha ishtirokchilar guruhdan chiqishga davogar ekanligini unutmaslik lozim.

D — guruhi: Lola, Murod Rajabov, Hrithik Roshan, Otabek Mutalxo'jaev.
Guruh favoritlari: Lola. Qolgan ishtirokchilardan kim kuchli bo'lsa, o'sha keyingi bosqichga chiqsa kerak.

E — guruhi: Shahzoda, Rani Mukherjee, Backstreet Boys, Tohir Sodiqov.
Guruh favoritlari: Shahzoda hamda Tohir Sodiqov. Lekin, Bollivud yulduzi Rani Mukherjeeni ham unutmaslik kerak. Rani ham o'z raqiblariga munosib qarshilik ko'rsatsa ajab emas.

F — guruhi: Angelina Jolie, Munisa Rizaeva, Avraam Russo, Ruhshona.
Guruh favoritlari: Angelina Jolie hamda Munisa Rizaeva.

G — guruhi: Ziyoda, Nyusha, Asal Shodieva, Ignatiy Nesterov.
Guruh favoritlari: Ziyoda hamda Nyusha. Ajoyib aktrisamiz Asal Shodieva ham guruhdan chiqishga yaxshi nomzod.

H — guruhi: Johnny Depp, Gulchehra Eshonqulova, Oybek va Nigora, Bojalar.
Guruh favoritlari: Gulchehra Eshonqulova hamda Oybek va Nigora.

Yuqorida har bir guruh ishtirokchilari va o'z tahminlarimiz bilan o'rtoqlashdik. Barcha guruhlar ichida ramziy ma'nodagi «o'lim guruhi» C guruhi deb ta'kidlanmoqda. Ko'ramiz, bu nom qanchalik o'zini oqlar ekan.

«Photo Cup» loyihasida mana shu 2-chempionatdan boshlab yangi imkoniyatlar ham yo'lga qo'yildi. Bu imkoniyatlardan biri har bir bo'lib o'tadigan o'yinni qanday natija bilan yakunlanishini tahmin qilish. Loyiha davomida har bir bergan ovozlaringizdan jamlangan balllaringizni endilikda yaqin o'rtada bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda tahmin qilish imkoniyatidan foydalanib, o'z balllaringizni tahmin qilayotgan fotosuratingizga qo'yishingiz mumkin. Agarda siz biror fotosuratni bo'lib o'tayotgan o'yinda g'olib chiqishiga ishonayotgan bo'lsangiz, unda mana shu imkoniyatdan foydalanib o'z balllaringizdan eng kamida 50 ballni shu fotosurat uchun qo'yib, natijani kutasiz. Agarda sizning tahminingiz to'g'ri chiqsa, u holda tahmin qilishda qo'ygan balllaringiz 2 barobar qilib sizga qaytariladi. 50 ball qo'ysangiz, 100 ball yutib olishingiz mumkin. 100 ball qo'ysangiz, 200 ball va hakazo… Har bir tahmin qilish muddati o'yin boshlangan vaqtdan boshlab, 2 kun davom etadi. Natijalar esa 7 kundan so'ng chiqadi.

Shuningdek, saytimizning «PC Reyting» nomli yangi blokida ham ishtirokchilarning reytingi ko'tarilgan yoki tushganligi haqida ma'lum qilib turadigan ko'rsatkich ikonkalari o'rnatildi. Loyihani mukammallashida o'z mehnatini ayamayotgan Umid Ahmedjonovga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

«Photo Cup» loyihasida ovoz berish uchun saytga kirish yo'llanmasi


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *