Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Fev, 2012

Nimchorakni yakunlab, chorak finalga yo'l olamiz!

Photo CupPortalimizning yangi loyihasi «Photo Cup» har hafta tur natijalari bilan barchani diqqatini o'ziga tortib bormoqda. Nimchorak final bosqichiga ovoz berish jarayonlari ham 1 hafta davom etdi va undan 8 nafar ishtirokchi chorak finalga yo'l oldilar.

Nyusha va Farruh Soipov juftligida kurash deyarli teng kechdi, biroq rus estradasi xonandasining shu kunga qadar ko'rsatgan kuchli kurashlari nihoyat zabardast aktyorimiz Farruh Soipovga yetib kelganda yakuniga yetdi.
Bugungi kunda barchaning sevimli aktyori bo'lib turgan Alisher Uzoqov hamda dunyoning mashhur xonandasi Shakira o'rtasidagi to'qnashuv kutilmaganda unchalik ham shov-shuvga sabab bo'lmadi. Natijada Alisher Uzoqov g'olib bo'ldi.
Rossiya shou-biznesining yana bir vakili Dima Bilan bilan o'zbek kinosining mashhur aktrisalaridan Dilnoza Kubaeva mana shu bosqichda duch keldilar. G'oliblik esa biz tarafda!
Shahzoda Matchonova va Enrique Iglesias «jangi»da sensatsiya yuz berdi. Shahzoda Matchonova dunyoning eng nomdor xonandalaridan hisoblanadigan Enrique Iglesiasga birorta ham imkoniyat qoldirmadi. Natijada 48 — 0 hisobi bilan yutib chiqdi.
Keyingi juftlikda Angelina Jolie hamda yoshlarning sevimli xonandasi Shohruhxon kurash olib bordilar. Bu uchrashuvda Gollivudning tengsiz yulduzi Angelina Jolie darhaqiqat tengsiz ekanligini isbotladi.
Sardor Rahimxonning muxlislari nimchorak final baxsiga kelganda sustkashlikka yo'l qo'ydilar shekilli, undan g'oliblikni Gollivudning yana bir sohibjamol aktrisasi Jessica Alba tortib oldi.
Hind kinosi qiroli Shahrukh Khan o'zbek estradasi malikasi Shahzodaga imkoniyatni boy berdi. 40 ochko to'plagan Shahzoda 11 ochko to'plagan Shahrukh Khanni keyingi chempionatlarda g'olib chiqishiga tilakdosh bo'lib qolishdan o'zga chorasi qolmadi.
Ana endi nimchorakdagi so'nggi juftlikka e'tibor qaratamiz. Unda Lola hamda bizga «Kurtlar Vadisi Pusu» filmigi Polat Alemdar roli orqali yaxshi tanish bo'lgan Necati Şaşmaz kurashga kirishgan edilar. Naqadar maftunkor bo'lsada Lola bu turda turklarning mashhur aktyoriga imkoniyatni boy berdi.

Eng ko'p ovoz olgan fotosuratlar reytingini Shahzoda Matchonovaning fotosurati 197ta ovoz bilan boshqarib bormoqda. Undan so'ng estradamiz maftunkori Shahzoda 183ta ovoz bilan ikkinchi va 179ta ovoz bilan uchinchi o'rinda Lola egallab turibdi.

3 fevraldan esa chorak final baxslariga start beriladi. Hozircha natijalar bilan tanishib chiqing!

«Photo Cup» loyihasining rasmiy saytiga yo'llanma

Nimchorak final uchrashuvlari natijalari bilan tanishish

 

Nimchorak final
1

Nyusha
1920

Farruh Soipov
2

Alisher Uzoqov
334

Shakira
3

Dima Bilan
2028

Dilnoza Kubaeva
4

Shahzoda Matchonova
480

Enrique Iglesias
5

Angelina Jolie
2720

Shohruhxon
6

Sardor Rahimxon
1723

Jessica Alba
7

Shahrukh Khan
1140

Shahzoda
8

Lola
1733

Necati Şaşmaz

Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *