Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Okt, 2012

Navbatdagi chempion — Shahzoda Matchonova!!!

Shahzoda Matchonova«Photo Cup» loyihasida navbatdagi chempion nomi aniq bo'ldi. Bu galgi chempion taniqli aktrisa Shahzoda Matchonova bo'ldi. Hisob bo'yicha u Fotosuratlar Chempionatining 5-chempioni hisoblanadi. Uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib, chempion nomiga sazovor bo'lgan Shahzoda Matchonovani muborakbod etamiz!!!

Shahzoda Matchonova aslida «Photo Cup» loyihasining birinchi chempionatidan buyon chempionlik sari kurash olib boradi. Biroq, har safar unga omad kulib boqmas edi. Eng birinchi chempionatda ham u final uchrashuvida mag'lubiyatga uchrab, ortga qaytgan edi. Mana bugun esa biz uni chempion sifatida ko'rib turibmiz. Keling bugun mana shu 5-chempionatda Shahzoda Matchonovani bosib o'tgan yo'liga bir nazar tashlasak.

1-o'yin (Guruh bosqichi). Shahzoda Matchonova 1629 Manzura. Mag'lubiyat!!! Shu o'yindan so'ng Shahzoda Matchonovani chempion bo'lishiga emas, hattoki guruhdan chiqishiga ishonmagan edik.
2-o'yin (Guruh bosqichi). Shahzoda Matchonova 4321 Bojalar. G'alaba!!! Bu turda Shahzoda Matchonova katta burilish yasay oldi.
3-o'yin (Guruh bosqichi). Shahzoda Matchonova 5016 Lady Gaga. G'alaba!!! Mana bu juda ham ishonchli g'alaba bo'ldi.
4-o'yin (Nimchorak final). Shahzoda Matchonova 7415 Zuhra Solieva. G'alaba!!! Yanada ishonchliroq g'alaba. Turdan-turga Shahzoda Matchonova kuchli o'yin ko'rsata boshladi.
5-o'yin (Chorak final). Shahzoda Matchonova 6655 Cristiano Ronaldo. G'alaba!!! Kuchli raqiblarga qarshi matonatli g'alaba!!!
6-o'yin (Yarim final). Shahzoda Matchonova 12820 Alisher Uzoqov. G'alaba!!! Kutilmagan natija!!! Juda ham katta farq bilan qozonilgan g'alaba finalda ham Shahzoda Matchonova ajoyib o'yin ko'rsatishidan darak berar edi.
7-o'yin (Final). Shahzoda 140148 Shahzoda Matchonova. G'alaba!!! Chempion!!! Uzoq kutilgan chempionlik va nihoyat Shahzoda Matchonovaga nasib etdi!!!

Xullas, mana shu ko'rinishda bo'lib o'tgan uchrashuvlar ketma-ketligi yakunida Shahzoda Matchonova chempion, degan nomga sazovor bo'ldi. Darvoqe, yodingizda bo'lsa, 1-Fotosuratlar chempionatida ham Shahzoda hamda Shahzoda Matchonovalar to'qnashuviga guvoh bo'lgan edik. O'sha o'yinda Shahzodaning qo'li baland kelgan edi. Bu safar esa aksincha!

Endi esa bu yilgi — 2012 yil chempionatlari yakuniga yetdi. Oldinda bizni yil fotosurati uchun bo'ladigan kurash kutmoqda. Unda Shahzoda, Gulchehra Eshonqulova, Lola, Shohruhxon hamda Shahzoda Matchonovalarning shiddatli «kurashlari» kutmoqda. Ko'ramiz, Yil fotosurati kimning fotosurati bo'lar ekan!!!

«Photo Cup» loyihasi saytiga tashrif buyurish

Shahzoda Matchonova


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 705 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *