Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Sen, 2012

Manzura Shahzoda Matchonovadan ustun keldi!

Manzura va Shahzoda Matchonova«Photo Cup» loyihasining 5-chempionati birinchi turida Manzura hamda Shahzoda Matchonova to'qnash kelishgan edi va bu uchrashuv turning asosiy uchrashuvi deb e'tirof etildi. Xo'sh, turning asosiy uchrashuvida kim ustunroq chiqdi? Savolga javob olishni istaysizmi? Unda marhamat, maqola bilan tanishib chiqing!

Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tishi kutilgan mazkur uchrashuvda Manzura kutilmaganda katta farq bilan (Shahzoda Matchonova 16 — 29 Manzura) g'alaba qozondi. A — guruhidan o'rin olgan «Bojalar» guruhi esa 5-fotosuratlar chempionatining 1-turida eng ko'p ovoz olgan yulduz sifatida tarixdan o'rin egalladi. U olgan ovozlar soni 38tani tashkil qiladi. Bildirilgan ishonchni oqlagan yulduzlar deb Zarina Nizomiddinova, Shahzoda, Lola, Dilnoza Kubaeva, Shohruhxonlarni ko'rsatishimiz mumkin. G — guruhidan o'rin olgan Rayhon hamda Zamzama o'rtasidagi o'yin esa eng kutilmagan natija sifatida barchani e'tiborini tortdi. Bu to'qnashuvda Rayhonning imkoniyatlari yuqori baholanayotgan edi. Zamzama esa mazkur chempionatga Ziyoda va Munisa Rizaevalarni bejiz ortda qoldirib chiqmaganligini ushbu o'yini bilan isbotlab berdi. Quyida sizni e'tiboringizga 1-tur o'yinlari natijalari keltirilgan sahifa uchun yo'llanma taqdim etilmoqda. Marhamat, barchasi bilan tanishib chiqing.

5-fotosuratlar chempionati 1-turi natijalari bilan tanishish uchun yo'llanma

Manzura

Shahzoda Matchonova


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 132 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *