Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Madhiyaning so’nggi ijrochisi Shahzoda!!!
25 Fev, 2013

Madhiyaning so’nggi ijrochisi Shahzoda!!!

SB.uz madhiyasi yozish jarayoniPortalimiz madhiyasi borasida anchagina maqolalar chop etdik. Ularning har birida bittadan yulduzni tanishtirib bordik. Mana bugun madhiyamizning so’nggi ijrochi yulduzini ham tanishtirish fursati yetib keldi. U ham bo’lsa maftunkor xonandamiz Shahzoda.

Keling endi barcha yulduzlarimizni birma-bir sanab o’tsak. Ya’ni, madhiyamiz ijrochi yulduzlarini. Tohir Sodiqov, Rayhon, Rashid Xoliqov, Shahzoda, Sardor Rahimxon, Ziyoda, Ulug’bek Rahmatullaev, Nilufar Usmonova, Samandar, Manzura va «Benom» guruhi. Ko’rib turganingizdek haqiqiy yulduzlar yog’dusidan tashkil topgan portal madhiyasi. Ana endi tasavvur qiling 11ta bugungi kunning eng mashhur yulduzlari bir qo’shiqda. Ya’ni, tahminan 4 daqiqalik taronada. Tasavvur qilish qiyin, shunday emasmi? Ammo, bu ayni haqiqat! 25 fevral ham mana kirib keldi. Aynan bugun mazkur tarona prem’erasi bo’lib o’tadi. Prem’erani tinglagach unga o’zingiz baho berishingiz mumkin.
Shahzoda ham portalimiz madhiyasini ijro etish uchun juda ham tig’iz vaqt ichida bo’lishiga qaramay tashrif buyurdi. Madhiyamiz yozilayotgan vaqtda Shahzoda xorijlik mutaxassislar uchun o’zining yangi albomi qo’shiqlarini «Tarona Records» studiyasida yozish bilan band edi. Ammo, orada imkoniyat topib portalimizning yangi madhiyasida ham ishtirok etishga tashrif buyurdi. Fursatdan foydalanib nafaqat Shahzoda, balki o’zlarini qimmatli vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan barcha yulduzlarimizga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Ularning barchalarining ijodlariga ulkan zafarlar tilaymiz. Endi esa fotosuratlarga navbat!

SB.uz portalining yangi madhiyasiga oid ma’lumotlar:

Loyiha muallifi: Mirtohir Mirg’ulomov
Tashkiliy ishlar bo’yicha yordamchi: Nodir Qo’chqorov
Matn muallifi: Rustam Bek
Musiqa muallifi: Rustam Bek va Sherzod Mardiev
Gitara ohangi: Nodir Toshxo’jaev
Studiya: «H.U.M.O Records»
Klip rejissori: Dilmurod Agzamov
Klip operatori: Izzat Lutfullaev
Grim ustasi: Doniyor Hakimov
Chiroqlar bo’yicha ko’makdosh: «MMM» video studiyasi
Fotosuratchi: Sardor Xasanov


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari, Tanlanganlar | 876 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *