Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Iyun, 2012

Lola 3-chempion bo'ldi!!!

LolaSB.uz portalining ajoyib loyihasi «Photo Cup» — Fotosuratlar chempionatida estradamiz maftunkor yulduzi Lola chempionlikka erishdi. Hisob bo'yicha 3-fotosuratlar chempionatida Lolani mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi g'oliblik nashidasini surishiga sabab bo'ldi.

Chempionat finalidan avval biz Selena Gomezning imkoniyatlari yuqori ekanligi haqida fikr yuritgan edik. Ammo, chempionatda ilk bor ishtirok etayotgan Selenaga tajriba yetishmadi chamasi… Lola esa bunga qadar bir bora finaldan ortga qaytganini yaxshi bilamiz. Bu safar ham final uchrashuvida ortga qaytishi mumkin edi. Biroq, u chempionlikka erishishni uddalay oldi. Lolaning ashaddiy muxlislari ko'chasida bugun katta bayram. Zero, Lola mazkur chempionatda chempion degan nomga sazovor bo'ldi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi Selena Gomez esa foto kubokda ilk bor ishtirok etganligiga qaramasdan finalga qadar yetib kelganining o'zi katta yutuq. Hali Selena uchun hammasi oldinda. Keyingi chempionatlarda u yana o'zini ko'rsata oladi, degan umiddamiz.

Endi PC Reytingga nazar tashlaylik:

NIsmYo'nalishBallHolat
1     Lola     O'zbek estradasi ayol xonandalari        15.6158 (1)
2     Selena Gomez     Jahon kinosi aktrisalari        9.3614 (1)
3     Zarina Nizomiddinova     O'zbek kinosi aktrisalari        6.1629 
4     Shahzoda     O'zbek estradasi ayol xonandalari        6.0159 
5     Gulchehra Eshonqulova     O'zbek kinosi aktrisalari        5.7654 
6     Shahzoda Matchonova     O'zbek kinosi aktrisalari        3.9182 
7     Cristiano Ronaldo     Jahon futboli yulduzlari        2.5597 
8     Shohruhxon     O'zbek estradasi erkak xonandalari        2.5001 
9     Munisa Rizayeva     O'zbek estradasi ayol xonandalari        1.9772 
10     Jessica Alba     Jahon kinosi aktrisalari        1.9540

 

Ko'rib turganingizdek, bu yerda ham Lola birinchilikni egallab turibdi. Selena Gomez esa 2-o'rinda. Mazkur chempionatda ishonchli o'yin ko'rsatgan Zarina Nizomiddinova ham o'z mavqeini tiklagan holda kuchli uchtalikni tugallab bermoqda. Birinchi chempionat chempioni Shahzoda 4-pog'onada, 2-Photo Cup chempioni Gulchehra Eshonqulova esa 5-o'rinni egallagan. Bu reyting 1 iyuldan start oladigan 4-fotosuratlar chempionatida anchagina o'zgarishlarga yuz tutishi shubhasiz. Bunga esa juda oz qoldi. Demak, voqealar rivojini kuzatamiz. Hozircha esa Lolani chempionlik bilan muborakbod etamiz.

PC Reytingni to'liq jadvali bilan tanishish uchun yo'llanma

Lola


Muallif: | Bo'lim: Portal yangiliklari | 75 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *